Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Elektr belgilari
- bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish
rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar 
odatda xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda,erib mayda 
zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham
elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri 
ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi. 
Tok urishi
(yoki elektr urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga bo‘lib 
qaraladi. 
I. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib 
ketadi va hushini yo‘qotmaydi. 
II. Muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini o‘qotadi, 
ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi. 
III. Hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab 
qoladi. 


210 
IV. Klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari 
ko‘rinmay qoladi. 
Klinik o‘lim xolati - bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, ma’lum 
vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi
.
Bu vaqtda unda
xayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga
farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likni
sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, xujayralarda 
ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal
hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo‘ladi.
Shuning uchun tashqi ta’sir 
natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash
natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin