211
etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi
natijasida odam o‘lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa,
bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash tartibi
buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan
chiqadi va bu holat ham
o‘limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomliligi ham alohida
ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok
o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borish
natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Eng zararli tok 20-100 Gts atrofidagi eletr toki hisoblanadi.
Chastotasi
20 Gts dan kichik va 100 Gts dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi.
Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori
6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA,
yarim sekund davomida
yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori 300 mA gacha
ortadi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot
xodimi kelgunga qadar
ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
1) tok ta’siridan qutqarish;
2) birinchi yordam ko‘rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin.
Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni
o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, o‘chirish
qurilmasi uzoqda
bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida
elektr simlarini yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan
kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan
saqlab
qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda
dizlektrik qo‘lqop va elektr himoyasi (izolyatsiyasi) mustahkam bo‘lgan elektr
asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga
qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning
tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutishi yoki tezda davolash
muassasasiga olib borishi zarur.
Dostları ilə paylaş: