Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Yurakni tashqaridan massaj qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Yurakni tashqaridan massaj qilish.
Jarohatlangan kishi organizmidagi 
qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi. Qorin 
bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan tana
uqalanib (massaj) qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga tug‘ri
burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasi tana og‘irligi 
bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. 
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak 
qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi harakatiga 
moslab davom ettiriladi. 
 
 
 
Sun’iy nafas berish usullari. 
Tanani uqalash orqali sun’iy nafas oldirish birgalikda olib borilishi
kerak. Agar yordam ko‘rsatayogan kishi bir o‘zi bo‘lsa, har ikki marta


213 
puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan
kishining yurak urishi mustaqil bo‘lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. 
Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 sekundga to‘xtatib, tomir urishi sanab 
ko‘riladi. 
Takrorlash uchun savollar: 
1.Elektr tokining termik ta’sirini tushuntirib bering.
2. Elektrolitik ta’sir nima? 
3. Elektr tokining biologik ta’siri.
4. Tok urishi darajalarini izohlab bering. 
5. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
ko‘rsatish. 
8-amaliy mashg‘ulot: Yong‘inni o‘chirishning asosiy vositalarini hisoblash 
usullari. 
 
Amaliy mashg‘ulot rejasi: 
1. O‘t o‘chirish usullari va vositalari. 
2. 
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari 
 1. O‘t o‘chirish usullari: 
1. Yonayotgan joyni ko‘p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida 
sovutish; 
2. Yonayotgan materialni atmosfera havosidan ajratib qo‘yish; 
3. Yonayotgan joyga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kama-ytirish; 
4. Maxsus kimyoviy vositalarni qo‘llash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin