– jabrlanuvchiga zudlik bilan yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy sanitariya qismiga
yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
– tekshirish komissiyasi ish boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar
holatini, hodisa yuz byergan daqiqada qanday bo‘lsa shundayligicha (agar bu atrofdagi
xodimlar hayoti salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa)
saqlab turishi zarur.
Baxtsiz hodisa yuz byergan joydagi korxona rahbari darhol hodisa to‘g‘risida ish
beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga
xabar qilishi shart.
2.Korxonaning tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona) bir sutka ichida yordam so‘rab
murojaat qilgan xodimlar shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish
obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz byergan har bir
baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga, kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa
vakillik organiga xabar beradi.
3.Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi
vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. Ishlab
chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani
tekshirishda ishtirok etmaydi.
4.Komissiya: – uch sutka ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat
muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni
aniqlab so‘roq qilishi, imkon bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi;
– baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan H-
1shaklidagi dalolatnomani kamida uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni
tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak.
5.Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni
bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch sutka
davomida tasdiqlangan H-1shakldagi dalolatnomalarni:
221
– jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish
materiallari bilan korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi,
mutaxassisi)ga, davlat texnika nazoratchisiga yuboradi.