219
–
ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda
boshqa shaxs tomonidan tan
jarohati yetkazilgandagi;
–
smenali dam olishda bo‘lgan xodim bilan transport vositasi vaqtidagi shaharcha
hududida yoki yollangan hududdagi (kuzatib boruvchi, smenali haydovchi,
shuningdek, vaxta va ekspeditsiya usulida ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz
hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z
salomatligiga qasddan
shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida
shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining
ma`lumolariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Ushbu «Nizom»:
–
ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan
fuqarolarga;
–
ish beruvchilarga;
–
pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik huquqiy shartnomalar bo‘yicha
ishlarni
bajarayotgan shaxslarga:
–
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan
fuqarolarga;
–
agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib
ishlayotgan chet el fuqarolariga;
–
qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan,
o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan
harbiy xizmatchilarga, shu
jumladan muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
–
korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham
tatbiq etiladi.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlar, litseylar va
umumta`lim maktablari o‘quvchilari bilan o‘quv-tarbiya
jarayonida yuz byergan
baxtsiz hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta`limi vazirligi
tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ish beruvchining buyrug‘iga
asosan, ish beruvchi vakillari hamda kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa
vakillik organi a`zolaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Komissiya a`zolarining har qaysisi baxtsiz hodisani tekshirish komissiyasi raisi
bo‘lishi mumkin. Jabrlanuvchi bevosita bo‘ysunadigan va
jabrlanuvchi uchun mehnat
xavfsizligini ta`minlash vazifasi yuklatilgan rahbar (smena, sex boshlig‘i, usta va
shunga o‘xshashlar) komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
Harbiy qism bilan korxona o‘rtasida shartnoma – bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi
obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma`muriy texnik xodimi boshchiligida ish
olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz byergan
baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi
ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxonadagi
mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma`muriy texnik xodimi
boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish mehnat muassasasi (ATMM) da
saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM vakili ishtirokida ish
220
beruvchi tomonidan tekshiriladi va baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
ATMMda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab
chiqarishida
baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish
bajarayotgan umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy o‘quv
yurti talabalari bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan o‘quv yurti
vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti
uchun ajratilgan uchastkada
o‘qituvchilar rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan
umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoki oliy o‘quv yurti talabalari
bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar o‘quv yurtlari tomonidan korxona vakili bilan
birgalikda tekshiriladi va o‘quv yurti tomonidan hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1.Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh
darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa:
Dostları ilə paylaş: