Kukunli yong‘in o‘chirgichlar Bu turdagi yong‘in o‘chirgichlar hamma sinfda (A, V, S, Е)gi yong‘inlarni
o‘chirishga mo‘ljallangan.
Kukunli yong‘in o‘chirgichlarda yongin o‘chirish vositasi sifatida har xil
turdagi PSB-3, P-1A, PS, SI-2 rusumdagi kukunlar qo‘llaniladi.
Ushbu kukunlarning tarkibiga quyidagi asosiy moddalarning aralashmasi
kiradi:
natriy bikarbonat,
aerosil,
nifilin kontsеntrati.
Kukunlar quruq va shamollatiladigan joylarda atrof muhit xarorati -50
0
C dan
+50
0
C gacha saqlanishi lozim.
Kukun aralashmalari atrof muhitga zaxarli xususiyatiga ega emas,
1000Vgacha elеktr kuchlanishini o‘tkazmaydi va yongin o‘chog‘ini butunlay
qoplaydi.
Kamchiligi: xavodagi namlikni o‘ziga jalb qilib olish xususiyatiga ega, natijada kеsak shakliga aylanadi. O‘t o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish uchun quyidagilarni
bilish zarur:
1. yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga o‘tqazish kerak.
2. tez harakat qilish kerak, chunki o‘t o‘chirgich qisqa vaqt davomida ish
holatida bo‘ladi (ko‘pikli - 60-80 soniya, karbonat-angidridli - 25-45 soniya,
kukunli -10-15 soniya).
3. qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar yordamida
o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga oqimni to‘g‘rilash va asta-
sekin alangani yuqoridan pastga tomon o‘chirish lozim.
Yonayotgan
suyuqlikni
chetdan
o‘rtasiga tomon, asta-sekinlikda
yonayotgan maydonni ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi. Yonayotgan
moddalarni kukunli o‘t o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda yonish maydoni
yuzasini kukun bilan qoplash lozim. Kukunli, uzlukli harakatdagi o‘t
o‘chirgichlar (OGT-2, OP-2B,OP-5, OP-8B) benzin, lak, buyoq va boshqa
yonuvchi suyuqliklar shuningdek, 1000 voltgacha quvvat ostida bo‘lgan elektr
uskunalarini o‘chirishga mo‘ljallangan.
Havo ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar (OVP-5, OVP-10) suyuq va qattiq modda,
materiallarni o‘chirishga mo‘ljallangan. Ular bilan ishqorli materiallar, ularning
birikmalari, kuchlanish ostidagi elektr asboblarini o‘chirib bo‘lmaydi.