214
yonmaydigan gazlar, qattiq yoki kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy
moddalar va aralashmalar kiradi.
Suv o‘t o‘chirish xususiyatiga ko‘ra eng kuchli, keng tarqalgan o‘t o‘chirish
vositasi bo‘lib, u bilan har qanday katta va kichik hajmdagi yong‘inlarni o‘chirish
mumkin.
Yong‘in o‘chirgichlarning tavsifi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng faol bo‘lgan vosita bu yong‘in
o‘chirgichlardir. Shuning uchun ham yong‘inlarni boshlang‘ich davrida uni
bartaraf etishda yong‘in o‘chirgichlarning ahamiyati kattadir.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yong‘in o‘chirgichlarni amalda qo‘llash,
yong‘in xavfsizligi xizmatida bеbaho ahamiyatga egaligi tasdiqlangan. Sanoatning
ko‘plab sohalarida yong‘in xavfining ortib borishi, vatanimizda va chеt davlatlarda
yong‘in o‘chirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini yanada ko‘paytirish, hamda
yong‘in o‘chirgichlarga xizmat ko‘rsatuvchilarni, ulardan foydalanuvchilarni
o‘rgatishni yanada yaxshilash, foydalanish tarmog‘larini kеngaytirish masalalarini
hal etishni talab etmoqda.
Yong‘in o‘chirgichlar yonginning boshlang‘ich davrida ya'ni, yong‘in
o‘chirish qismlari shaxsiy tarkiblari yong‘in joyiga еtib kеlguncha qisqa vaqt
ichida o‘chirish qobiliyatiga ega ekanligi tajribada aniqlangan.
Yong‘in o‘chirgichlar - yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘lla-
niladi. Yong‘in o‘chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar
ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo‘linadi.
Hozirgi kunda korxonalarda har xil turdagi yong‘in o‘chirgichlar ishlab
chiqarilmoqda, ular quyidagicha tasniflanadi:
1- yong‘in o‘chirish vositasi bo‘yicha;
2- qobiq (korpus)ning xajmi bo‘yicha;
3- yong‘in o‘chirish vositalarini yong‘in o‘chirgichlardan uzatishi bo‘yicha;
4- ishga tushirish bo‘yicha.
Dostları ilə paylaş: