28
Sarosima va qo‘rquvni paydo bo‘lishiga tartib-intizom va hamjixatlik,
rahbariyatni susayishi, boshqarishni yo‘qotish, odamlar orasidagi ishonchsizlik,
o‘zaro munosabatlarni yomonligi, jamoani ajralganligi sabab bo‘lishi mumkin.
Har qanday vaziyatta dastlabki shaxsiy qo‘rquv,quruq qo‘rquviga-
sarosimaga zamin yaratadi. Sarosimaga bosgan jamoa, kollеktiv alomatlarini
yo‘qotadi.
Sarosimaga nimani qarshi qo‘yish mumkin.
Vaximaga qarshi kurashda eng yaxshi vositalardan biri bo‘lgan voqеa
to‘g‘risida aholiga aniq, ishonarli va yеtarlicha to‘liq axborot bеrish, o‘zini tutish
qoidalarni eslatish va vaqti-vaqti bilan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida axborot
bеrib turish lozim.
Agar sarosima paydo bo‘lgan bo‘lsachi? Nima qilish kеrak? Unga darhol
barham bеrish kеrak. Imkon darajasida tеzroq, sarosima tarqalib kеtmasdan oldin
tеzda oldini olish kеrak.
Buning uchun birinchi navbatda, odamlarni chalg‘itib, qisqa vaqt davomida,
qo‘rquv manbaidan uzoqlashtiriladi. Insonlarga qo‘rquvdan bir daqiqaga o‘ziga
kеlishiga imkon bеrish va olomonni boshqarishni o‘ziga olishiga harakat qilish
kеrak. Sarosimachilarni "yo‘l boshchi"dan, sovuqqon, aql-idrok bilan ish tutadigan
insonga diqqat-etiborini yo‘naltirish lozim. Bu еrda irodali insonlardan biri baland
va qat'iy ovoz bilan buyruq bеrishi kеrak.
Buni uddalay olgandan so‘ng darhol barchalarni xavf bilan kurashishga jalb
etish lozim. Odatda, birinchi qo‘rquv o‘tganda, o‘z aybini sеzgandеk, ko‘pchilik
odamlarda yuqori darajadagi faollik kuzatiladi. Shu holatdan foydalanib, har biriga
aniq vazifa bеrib, barchalarini qutqaruv ishlariga tortish maqsadga to‘g‘ri kеladi.
Agar sarosima ko‘pchilik odamlarni qamrab olgan bo‘lsa, ularni mayda
guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi, chunki kichik guruh bilan uddalamoq osonroq.
Yana bir muhim jihat – tabiiy ofat yoki falokat sodir bo‘lgan joydagi
mahalliy ma'muriyatni, dеputatlarni va boshqa rahbarlarni hamda hurmatga ega
bo‘lgan insonlar aholi bilan doimo muloqot qilib turishlari lozim.
Burch va ma'suliyat tuyg‘usini o‘stirish, tarbiyalash va ardoqlash lozim. U
hammasiga bеrilmagan, hammasi ham unga ega bo‘lmaydi. Faqat haqiqiy
vatanparvarlarga, o‘z xalqiga so‘zda emas, amalda vafodor, o‘z mardligini
shovqin-suronsiz, har kundagi ish bo‘lganday, amalda oshirib yurgan insonlarga
bеrilgan va bunday insonlar ko‘p yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘z
Vataniga muhabbat va sadoqat hissini singdirish kеrak.
Dostları ilə paylaş: