50
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma.
Barcha ishchilar kirish
yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomalarni xam
bilishlari lozim. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnomadan maqsad-har bir
ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o‘rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani
o‘tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik
jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv
xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish
usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo‘lgan ustaga
yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar
(mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish va malaka
guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari
asosida tsex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi
tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Bu yo‘riqnomalar ruyxatini korxona
bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tasdiqlaydi. Ish joyida
o‘tkaziladigan dastlabki yo‘riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan
oldin yoki ish xarakteri o‘zgargan hollarda o‘tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali
ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish tsex
boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnaliga
yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlarni
bajarishga vazifa olishlaridan avval javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma
olishlari va bu haqda jurnalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda
rasmiylashtirilishi kerak. Ish joylarida o‘tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi.
1.texnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Asosiy xavfli va
zararli ishlab chiqarish omillari.
2.Ish joyiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari,
ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4.Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-uskunalarning
mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini
tekshirish).
5.Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda qilinadigan ishlar.
6.Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish.
7.Ishchilarni elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8.TSexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9.Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish,
tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish.
Dostları ilə paylaş: