Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag‘ bilan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag‘ bilan 
taminlash 
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik 
tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona 
ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. 
Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi Bunda 
fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda
korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. 
Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo‘llari bo‘yicha muhandis 
zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo‘limlari, 
bo‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy 
ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga 
kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar 
nomidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan 
mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib 
bo‘linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar. 
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag‘lar hisobiga 
ta`minlanadi: 
-davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag‘lar, shu jumladan ishlab 
chiqarishni rivojlantirish jamg‘armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi 
jamg‘armasi hamda korxona jamg‘armasi; 
-agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga 
oshiriladigan bo‘lsa-amortizatsiya jamg‘armasi; 
-agar xarajatlar kapital xarajatlar bo‘lsa-asosiy faoliyat, tsex va umumxarajat 
mablag‘lari; 
-yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank 
tomonidan beriladigan qarzlar. 
O‘ta zararli ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlar kasallanishining oldini 
olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko‘zda tutilib, issiq nonushta 
yoki tushlik tarzida beriladi. Bundan maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va 
mehnatkashlar sog‘ligini mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Bevosita zararli 
sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o‘rnini bosuvchi 
boshqa mahsulot beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin