45
vositalari bilan jihozlanadi. Mehnat xavfsizligi to‘siq, tormoz, blokirovka, saqlash
qurilmalari, signalizatsiya, shaxsiy himoyalanish vositalarini ishlatish, shuningdek
ularning yaxshi ishlashini nazorat qilish bilan ta'minlanadi.
To‘siq qurilmalar. Xavfli zonalarni himoyalash uchun oddiy, ishonchli va arzon
to‘siq qurilmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. To‘siq qurilmalar insonni xavfdan
himoyalash uchun xizmat qiladi. Ular qanday maqsadga mo‘ljallanganiga
qarab
har xil tuzilmali bo‘ladi. Shunga ko‘ra to‘siqlar doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi
mumkin. Masalan, traktor orqa ko‘prigining, tasmali uzatmalar qutisining
korpuslari doimiy to‘suvchi qurilmalardir. Doimiy to‘siqlarning afzalligi shundaki,
agregat ishlayotganda ishchi xavfli zonaga kira olmaydi. Doimiy to‘siqlar
siljuvchan va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Siljuvchan to‘siqlarni to‘siqlarning olib qo‘yish
yoki chekkaga surib qo‘yish mumkin. Vaqtinchalik to‘siqlar korxona, sex,
uchastka territoriyasidagi ishlarni bajarish vaqtida ishlatiladi. Ularga misol sifatida
muhofaza ekranlari, metall shchitlar, parda va boshqalarni keltirish mumkin. Sexda
payvandlash ishlarini bajarishda atrofdagilarni elektr yoyning ravshan shu'lasi
ta'siridan muhofaza qilishda,
qurilish maydonchalari, transheyalarni to‘sishda,
boshqa yerishlarini bajarishda vaqtinchalik to‘siqlar ishlatiladi.
Himoya to‘siqlari panjara, to‘rlardan iborat. Agar mexanizm ishini ko‘z bilan
kuzatib turish zarur bo‘lsa, bunday hollarda to‘siq shaffof material (organiq shisha,
selluloid va boshq.)dan tayyorlanadi.
Himoya qurilmalari. Mashina va uskunalarga qo‘yiladigan mavjud talablarga
muvofiq
har bir mashina, traktor yoki agregatda avariya holatidagi ish rejimiga
mo‘ljallangan himoya qurilmalari bo‘lmasa, bunday mashina ishga yaroqli emas
deb hisoblanadi. Himoya qurilmalarining ishlashini
nazorat qilish parametri
(zo‘riqish, bosim, harorat va h.k.) ruxsat etiladigan chegaradan chiqqanida
avtomatik to‘xtaydi.
Barcha himoya qurilmalari to‘rt guruhga bo‘linadi:
- mexaniq zo‘riqishlaridan saqlovchilar (turli xil muftalar,
kesilib ketadigan
boltlar, shtiftlar va b.);
- mashina qismlarining belgilangan gabaritdan chiqishini saqlovchilar (yuk
ko‘tarish mexanizmlarining chetki uzib-ulagichlari, ular mashinaning ish organi
yoki mexanizmning siljishini cheklab turadi);
- bosim yoki haroratning ko‘tarilib ketishidan saqlovchilar (konstruktsiyasi
turlicha bo‘lgan
klapanlar, ular idishdagi bosim ortib ketganida, traktorning
gidrosistemasida moy, avtomobil va traktorning
tormozlash sistemasida havo,
ug‘ning harorati, qozon qurilmasida suv ko‘payib ketganda ochiladi va h.k.) ;
- elektr tok kuchining ruxsat etiladigan chegaradan ortib ketishidan saqlovchilar
(elektr tarmoqlaridagi eruvchan saqlagichlar, avtomatik uzib-ulagichlar,
buzilgan
elektr uskuna, asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib qo‘yadi).
Tormozlash qurilmalari. Mashina va uskunalarning harakatlanayotgan
(aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to‘xtatish uchun tormozlash
qurilmalari ishlatiladi. Bunlan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish,
ko‘tarilgan yukning o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadlarida ham
ishlatiladi.Masalan, g‘ildirakli traktorlarning tormozlash
qurilmalari traktorning
46
og‘irligi 4 tonnagacha bo‘lganida 20 km boshlang‘ich tezlikda tormoz berilganda
quruq beton yo‘lda traktorni to‘xtatib qo‘yish kerak – tormoz yo‘li 6 m dan ko‘p
bo‘lmasligi lozim. To‘xtatib qo‘yish tormozining samaradorligi mashinalarni 36 %
ga (200) ko‘tarilish yoki tushishda ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: