Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Nazorat savollari 
1. Ergonomika asoslari fani nimani o‘rganadi? 
2. Texnik - estetik moslik haqida ma’lumot bering. 
3. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasining qanday ahamiyati bor? 
4. Ruhiy tayyorgarlikning qanday ahamiyati bor? 
5. Ishlab chiqarishda xavsizlikni ta’minlashni moliyalashtirish qanday tartibda
amalga oshriladi? 
(2-modul. 
ISHLAB CHIQARISHDA FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI 
BOSHQARISH TIZIMI

 
5-Mavzu Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil 
qilish. 
Reja: 
1. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
 
2. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar 
3. Signalizatsiya
4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag‘ bilan 
taminlash 
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarning mehnat 
havfsizligini ta'minlashdir. Zamonaviy agrosanoat ishlab chiqarishi muntazam 
yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar yetkazib berishni, chorva 
mollarini katta komplekslarga va mayda fermerlik xo‘jaliklariga birlashtirishni, ish 
jarayonlarining yiriklashuvini, dehqonchilikdagi ishlarni brigada va oilaviy pudrat 
asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini hamda vostialarini o‘zgartirib borishni 
o‘z ichiga oladi. 
Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga 
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. Ishlab 
chiqarish sharoitida insonga jarohat yetkazilishi bu fizikaviy va kimyoviy xavfli 
ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi. 
Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari – bu harakatdagi mashinalar, 
uskunalarning harakatdagi elementlarining to‘silmaganligi, qo‘zg‘aluvchi buyum, 
materiallar, uskuna va materiallari ustki qismining qismining yuqori yoki past 
haroratda bo‘lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi, yuqori bosimdagi havo 
va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar. 
Kimyoviy xavfli ishlab chikarish omillari – odam organizmiga o‘yuvchi, zaharli 
va qichitadigan moddalarning ta'sir qilishi bilan ifodalanadi. Muayyan xavfli ishlab 


43 
chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va 
ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko‘rinib 
turgan va ko‘rinmaydiganlarga bo‘lish mumkin. Ko‘rinib turgan, xavfli, tashqi 
belgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari, 
alanga, ko‘tarilib va osilib turgan yuk. Ko‘rinmaydigan xavfli mashinalar, 
mexanizmlar, moslamalar va asboblarda yashirin nuqsonlarning borligiga 
bog‘liqdir. Yashirin xavfni, shuningdek ish doirasining tiqishtirilganligi va 
ivirsiganligi, asbob, moslamalarni o‘z maqsadida foydalanmaganligi, uzilgan elektr 
simlari, mxodimlarning noto‘g‘ri va xato harakatlari va boshqalar tug‘dirishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish -juda murakkab kompleks bo‘lib, 
avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi 
mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab eatadigan muammodir. 
Mashina 
va 
mexanizmlarning 
xavfli 
doiralari. 
Agar 
ishlovchilar 
jarohatlantirishga sababchi bo‘lgan xavfni keltirib chiqaruvchi mashinalar bilan 
ma'lum masofada ishlamasalar ko‘ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.
Insonning hayoti va salomatligiga ta'sir etadigan xavfli maydoni xavfli doira 
deb ataladi. Xavfli doira mashinaning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, 
yuk yaqinida, ko‘tarib-tushiradigan transport vositalarida qo‘zg‘atiladigan yuk 
atrofida paydo bo‘lishi mumkin. Ishlovchilarning kiyim va sochlarini 
uskunalarning harakatdagi qismlarini tortib ketish imkoniyatiga ega havfli doira 
xafv-xatar tug‘diradi. Juda ko‘p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni 
qishloq xo‘jaligi mashinalarining to‘silmagan kardanli uzatmalari o‘rab ketishi 
tufayli sodir bo‘ladi.
Strelali kranlarning xafvli doira o‘lchamlari uning strela uzunligiga bog‘liqdir. 
Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari. Texnologik
jarayonlarni bajarishda, tashkil qilishda va loyihalashda GOST 12.3.002-75 va TS 
46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart deb belgilaydi. 
Ishchilarni xavfli va zararli ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dastlabki 
materiallar, yarim mahsulotlar va chiqindi ishlab chiqarilishi bilan bevosita 
aloqasini yo‘qotish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud joylarni 
kompleks avtomatlashtirish hamda mexanizatsiyalash, texnologik jarayonlarda 
nazorat va boshqarish tizimini o‘rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va 
ishlab chiqarish jarayonlarining avariya holatda o‘chirilishini ta'minlaydi. 
Ishlab chiqarish chiqindilarini o‘z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash, 
ular xavfli va zararli ishlab chiqarishning oldini olishga yordam beradi. 
Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari texnologik hujjatlarda 
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Ish joyidan tashqarida bajarayotganda xonalarni va 
maydonlarni tanlashga katta e'tibor qaratmoq kerak. Shuningdek, uzluksiz ishlab 
chiqarish jarayonlarining xavfsizligini, uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ish 
joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta'minlash mumkin. Materiallarni, tayyor 
mahsulotni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlaganda, xavfli ishlab chiqarish 
omillarining sodir bo‘lishidan himoyalanish kerak. 


44 
Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini va 
mehnat xususiyatlarini hisobga olish shart. Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan 
ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan 
bo‘lishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin