40
-
Ishonch (bog‘liqlik): o‘ziga ishonchlilik xususiyati va o‘z
ehtiyojlarni amalga
oshirish; boshqa odamlarning huquqini tan olish, o‘zining fikriga ega bo‘lish;
-
Nazorat: shaxslararo munosabatda o‘z hissiyotlari va hulq-atvorini boshqarib
bilish, shuningdek boshqa odamlarga ta’sir qilish;
-
Yaqinlik: o‘z-o‘zi bilan aloqada bo‘lish va boshqalar bilan aloqani sezish.
Favqulotda vaziyatlar qatnashchilarga psixologik yordam
Jabrlanuvchilar
bilan ishlash usuli, psixotravmatik omillarning shu vaqtda uzoq
yoki yaqinligiga bog‘liq. SHunga qaramasdan tarvmatik vaziyatlarni boshidan
kechirgan shaxslarning korrrektsiyasi va terapiyasining
umumiy tamoyillari
mavjud.
Me’yorlash tamoyilari
– me’yordagi individ nome’yoriy vaziyatlar bilan
to‘qnashganda ekstraordinar holatlarni boshidan kechiradi.
Bu jabrlanuvchiga
o‘zining belgilarini anglashga, ularning dinamikasini tushinishga va davolash
jarayoniga yanada faol qatnashishga yordam beradi.
Raqobatlilik va shaxsiy fazilatlarni o‘stirish tamoyili
.
Jabrlanuvchi
vaziyatni boshdan kechirayotgan odamlar jizzaki, o‘z-o‘zini ayblash, kuchsizlikni
his qilish yoki agressivligi oshadi. Bunday uslub atrofdagilarni uzoqlashishiga olib
keladi.
SHaxsiylik tamoyili.
Har bir kishi ruhiy zo‘riqishdan keyin o‘ziga kelish
yo‘lini o‘taydi. Buni ham davolash jarayonida inobatga olish kerak.
Jarohat olish
paytidan qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, shuncha yuqori darajadagi malakaviy
psixologik yordam kerak bo‘ladi, ruhiy zo‘riqishdan keyingi holat sababli boshqa
psixologik muammolari bilan chambarchas bog‘liq.
Travmatik ruhiy zo‘riqishni boshidan o‘tkazgan odamlarning o‘zini xarob
qilish sabablari:
1)
jarohatni boshidan kechirgan inson, uning ta’siriga javob berish uchun
uni takrorlanishiga intiladi. Misol: inson yong‘in vaqtida o‘z yaqinini qutqara
olmaganligi uchun tushida cheksiz marta tushida shu yong‘inni ko‘radi
va ularni
qutqaradi yoki yong‘in o‘chiruvchi bo‘lib ishga kiradi va odamlarni qutqara
boshlaydi. Ammo o‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi.
2)
Har qanday travmatik ruhiy zo‘riqishni boshidan kechirganda
gunohkorlik hissi. Gunohkorlik hissi buzg‘unkor va o‘zini
halok qilishga
yo‘naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: