38
(sagittal) va ko‘ndalang (frontal) (4.1-rasm).
4.1-rasm. O‘tirgan oamning vertikal, sagital va frontal antropomctrik o‘lchamlari
Har xil materiallarda va tajriba ishlari so‘rovnomalarida o‘rindiq balandligida
foydalanishning har xil variantlari berilgan. Jumladan standartlashtirish bo‘yicha
xalqaro tashkilot (ISO) o‘rindiq balandligi 460 mmga tcng bo‘lishini maslahat
beradi. Boshqa mualliflar esa bu o‘lchov 350...500 mm bo‘lishi kerakligini
ta’kidlaydilar. Organ o‘rindiqlarida esa bu o‘lchov 420... 470 mm da o‘matilishi
lozim, maktabda ishlaydiganlar uchun esa 440...450 mm bo‘lishi lozim. O‘z-
o‘zidan ma’lumki, tanasi har xil o‘lchovda bo‘lgan insonlar uchun o‘rindiqlar ham
aynan ularga moslashtirilishi kerak. Maktab o‘quvchilari uchun esa stullar ularni
uchtasidan birini uzunligiga mos tushushi va bu o‘lchov 400...600 mmni tashkil
etishi lozim. Eng to‘g‘ri variant shundan iboratki, o‘rindiq balandligi oyoq
kaftidagi boldir uzunligidan oshmasligi kerak (tizza ostidagi chuqurcha balandligi).
Dostları ilə paylaş: