Ergonomikaning maqsadi – “inson-mashina” tizimida mehnat sharoitini
optimallash. ergonomika texnikaga va uni ishlash sharoitiga bo‘lgan, inson talabini
aniqlaydi. Texnika ergonomikasi bu texnika xususiyatlarini umumlashtirilgan
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ergonomika “inson-mehnat quroli-ishlab chiqarish muhiti” tizimini
o‘rganadigan yagona jarayon va uni optimallashni tavsiyalashni ishlab chiqish
vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. ergonomika quyidagi fanlarning tavsiyalarini
qo‘llaydi: biologiya, psixologiya, fiziologiya, mehnat gigienasi, kimyo, fizika,
matematika, kibernetika va boshqalar.
Ergonomikaning roli yildan-yilga oshib bormoqda, ayniqsa texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish davrida.
Ishlab chiqarish sifatini baholash uchun quyidagi ergonomik ko‘rsatkichlar
qo‘llaniladi:
- gigienik – yorug‘lik darajasi; harorat, namlik, bosim, changliligi, shovqin,
radiatsiya, vibratsiya va boshqalar.
- antropometrik – inson antropometrik xususiyatlarning mahsuliga muvofiq. Bu
ko‘rsatkichlar guruhi ratsional va qulay inson gavdasining holatini, gavdani to‘g‘ri
tutishini, insonni tez charchashning oldini olishini ta’minlashi kerak.
- fiziologik – insonning sezish organlarining ishlash xususiyati mahsuliga
muvofiqligi bilan aniqlanadi. Ular insonning ishlash tezligi va hajmiga hamda
sezgi organlari orqali keladigan ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish va hid bilish
axborot hajmiga ta’sir qiladi.
- psixologik – insonning psixologik xususiyatlari mahsuliga muvofiq qiladi.
Axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash imkonini beradigan, insonda bo‘lgan va
qayta shakllanadigan malaka mahsuliga muvofiq tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Ergonomikaning tarkibiy qismi Muhandislik psixologiyasi – bu “inson-muhit” tizimini ishlatish va
yaratilishi, loyihalash uchun inson va texnika informatsion ta’siri qonuniyligini
o‘rganuvchi ilmiy fan. Muhandislik psixologiyasi inson tomonidan axborotni qabul
qilish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonlarini o‘rganadi.
Psixologik, psixofiziologik jarayonlar va inson xususiyatlari asosida, bu texnik
vositalar va “inson-muhit” tizimining tuzilishiga bo‘lgan talablarni, shuningdek
inson-operator xususiyatiga bo‘lgan talablarni aniqlaydi.
Operator va “inson-muhit” tizimi faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari sifatida
muhandislik
psixologiyasi
samaradorligini,
ishonchlilik
va
tez
harakatlanuvchanlikni qo‘llaydi.