55
vaqtida sozlanmaganligi, yaroqsiz asbob uskunalarni ishda qo‘llash,
asosiy ish
vaqtidan tashqari ishlash.
2.
Gigienik sabablar
- Oqova suvlarda va havodagi zararli moddalarning
yuqori kontsentratsiyasi mavjudligi, nobob iqlim sha-roitlari, yorug‘likni
etarli
emasligi, shovqinning yuqoriligi, sanitariya-maishiy xonalarning etishmasligi va
tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi.
3.
Texnik sabablar
- Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi,
og‘ir ishlarni mexanizatsiyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to‘siqlar yo‘qligi,
uskunalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi va ularning nosozligi.
4.
Ruhiy-fiziologik sabablar
- Ishlarning og‘irligi, me`yoridan ortiq
charchash, ishning monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik
qoidalarini buzilishi,
mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik
sifatlarini bajarayotgan ishga mos kelmasligi yoki uning nosog‘lomligi.
- Korxona rahbarlarining va muhandis - texnik xodimlarning kun tartibidagi
asosiy vazifalaridan biri “Ma`muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy
vositalarini joriy etishlari va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar hamda kasb
kasalliklarini oldini oladigan sanitariya sharotlarini ta`minlashi shart (“MMQ
to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasi).
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan,
”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatligini boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi.
Umumiy qoidalar.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan,
”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi.
1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalar, shuningdek, mehnat shartnomasi buyicha ishlayotgan
ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda
yuz bergan hodisalarni
tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Korxona hududi va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda
(xizmat safarida) yuz bergan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
3. Tabiiy o‘lim, o‘zini-o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga
qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining
jinoyat sodir qilish
chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov
organlarining ma`lumotiga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
4. Baxtsiz hodisa, ishchi mehnat qobiliyatini kamida 1-kunda yo‘qotsa, tibbiy
xulosaga ko‘ra engil ishga o‘tkazilsa, bunday hodisalarga N-1 shaklda dalolatnoma
tuziladi va 3-sutka ichida jabrlanuvchiga berilishi shart.
5. Ish beruvchi o‘z vaqtida N-1 shaklida dalolatnoma tuzish, baxtsiz hodisa
sabablarini aniqlab, bartaraf etish chora-tadbirlarini tuzish va amalga oshirish
uchun javobgar shaxs hisoblanadi.
56
6. Baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida
tekshirish va hisobga olishni,
korxonaning yuqori tashkiloti, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, davlat mehnat texnika
nazoratchisi “O‘zsanoatkontexnazorat” Davlat qo‘mitasi organlari nazorat qiladi.
7. Ish beruvchi N-1 shakldagi dalolatnoma tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi
uning mazmunidan norozi bulsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hodisani 10 kun
ichida o‘rganadi va ish beruvchidan N-1 shakldagi dalolatnomani qayta tuzishni
talab qiladi.
8. N-1 shakldagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi
aniqlangan hollarda, davlat mehnat texnika
nazoratchisi ish beruvchidan, N-1
shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga
egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosa-sini bajarishga
majburdir.
9. Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnik nazoratchisi o‘rtasidagi
anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.
H-1 uch nusxada to‘ldiriladi
Dostları ilə paylaş: