Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Tashkiliy sabablar
- Xavfsizlik texnikasi buyicha yo‘l-yo‘riqlar o‘tmagan, 
ish joylarini noto‘g‘ri tashkil etilgan, ish joylari yo‘laklarning to‘silishi, dastgohlar 


55 
vaqtida sozlanmaganligi, yaroqsiz asbob uskunalarni ishda qo‘llash, asosiy ish 
vaqtidan tashqari ishlash.
2. 
Gigienik sabablar
- Oqova suvlarda va havodagi zararli moddalarning 
yuqori kontsentratsiyasi mavjudligi, nobob iqlim sha-roitlari, yorug‘likni etarli 
emasligi, shovqinning yuqoriligi, sanitariya-maishiy xonalarning etishmasligi va 
tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi. 
3. 
Texnik sabablar
- Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi, 
og‘ir ishlarni mexanizatsiyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to‘siqlar yo‘qligi, 
uskunalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi va ularning nosozligi. 
4. 
Ruhiy-fiziologik sabablar
- Ishlarning og‘irligi, me`yoridan ortiq 
charchash, ishning monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik 
qoidalarini buzilishi, mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik 
sifatlarini bajarayotgan ishga mos kelmasligi yoki uning nosog‘lomligi.
- Korxona rahbarlarining va muhandis - texnik xodimlarning kun tartibidagi 
asosiy vazifalaridan biri “Ma`muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy 
vositalarini joriy etishlari va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar hamda kasb 
kasalliklarini oldini oladigan sanitariya sharotlarini ta`minlashi shart (“MMQ 
to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasi).
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 
”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil 
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi. 
 
Umumiy qoidalar. 
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 
”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil 
zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi. 
1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha 
shakllaridagi korxonalar, shuningdek, mehnat shartnomasi buyicha ishlayotgan 
ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni 
tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. 
2. Korxona hududi va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda 
(xizmat safarida) yuz bergan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
3. Tabiiy o‘lim, o‘zini-o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga 
qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish 
chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov 
organlarining ma`lumotiga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
4. Baxtsiz hodisa, ishchi mehnat qobiliyatini kamida 1-kunda yo‘qotsa, tibbiy 
xulosaga ko‘ra engil ishga o‘tkazilsa, bunday hodisalarga N-1 shaklda dalolatnoma 
tuziladi va 3-sutka ichida jabrlanuvchiga berilishi shart. 
5. Ish beruvchi o‘z vaqtida N-1 shaklida dalolatnoma tuzish, baxtsiz hodisa 
sabablarini aniqlab, bartaraf etish chora-tadbirlarini tuzish va amalga oshirish 
uchun javobgar shaxs hisoblanadi. 


56 
6. Baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, 
korxonaning yuqori tashkiloti, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, davlat mehnat texnika 
nazoratchisi “O‘zsanoatkontexnazorat” Davlat qo‘mitasi organlari nazorat qiladi. 
7. Ish beruvchi N-1 shakldagi dalolatnoma tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi 
uning mazmunidan norozi bulsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hodisani 10 kun 
ichida o‘rganadi va ish beruvchidan N-1 shakldagi dalolatnomani qayta tuzishni 
talab qiladi. 
8. N-1 shakldagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi 
aniqlangan hollarda, davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan, N-1 
shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga 
egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosa-sini bajarishga 
majburdir. 
9. Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnik nazoratchisi o‘rtasidagi 
anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.
H-1 uch nusxada to‘ldiriladi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin