65
4. Mo‘`tadil iqlim sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida iqlim sharoitlarida me`yor
darajasida ta`minlash uchun uning barcha ko‘rsatkichlari o‘zaro mutanosib holda
bog‘langan bulishi kerak. YA`ni havoning harorati pasayib yoki ko‘tarilib ketsa,
uning harakat tezligi ham unga bog‘langan holda pasayishi (yoki ko‘tarilishi)
maqsadga muvofiq buladi, aksincha, agar havoning harorati past bulsayu, havoning
harakat tezligi me`yoridan oshib ketsa, odam tanasi bilan muhit o‘rtasidagi harorat
almashish jarayoni tezlashib ketadi va natijada havoning harorati tez tushadi.
Agar havoning harorati yuqori bulsayu, havoning harakat tezligi past bulsa bu
jarayon sekinlashadi, natijada issiq havoning inson organizmiga ta`siri kuchayadi.
Havoning
harorati, nisbiy namligi va tezlik o‘lchamlarini inson uchun eng
ma`qul o‘zaro munosabatlari, yuqoridagi noxush holatlarni
oldini olishga xizmat
qiladi va muhitning mutanosibligi deb yuritiladi.
MXMT mehnat jarayonida ikki ko‘rinishdagi mikroiqlim sharoitni tashkil
etadi.
a) O‘ta mutanosib (eng ma`qul);
b) Ruxsat etsa buladigan (qoniqarli).
Bularning ta`sirida insonning vujudida harorat almashinishi va mehnat qilish
qobiliyatining buzilmasligini ta`minlangan buladi. Bunday
sharoitda haroratning
mo‘`tadilligi to‘la ta`minlanadi va mehnat qobiliyati yuqori buladi.
Olimlarimiz, shartli ravishda iqlim mutanosibligini aniqlash uchun effektli va
ekvivalent-effektli haroratlar ko‘rinishidagi nisbiy birliklar tavsiya etilganlar.
a) effektli harorat deb, binodagi havoning nisbiy namligi me`yor
darajasida
bo‘lib, uning tezligi nolga teng bulgan holatini aks etuvchi haroratga aytiladi.
b) ekvivalent-effektli harorat deganda esa, binoda ma`lum nisbiy namlikka va
har xil tezlikka ega bulgan havoning haroratiga aytiladi.
Mikroiqlim ko‘satkichlari va omillarining odamga ta`sirini ko‘p yillik
kuzatuvlar asosida tahlil qilib eng mo‘`tadil iqlim o‘lchamlarini shartli ravishda
aniqlash uchun nomogramma yaratilgan.
Misol tariqasida temir beton qurilmalar ishlab
chiqaradigan zavodning
armatura va qoliplash binolarida psixrometr yodamida aniqlangan mikroiqlim
ko‘rsatkichlari asosida nomogrammadan foydalanib effektli harorat qiymatlarini
aniqlash namoyish qilingan bo‘lib, binodagi ekvivalent-effektli
harorat topilgan u
16
0
S ga teng ekan, qoliplash binosida esa Y 0 , bulgani uchun effektli
haroratining shartli miqdori aniqlangan, u 20,2 S ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: