68
tarqalgan haroratga o‘xshaydi. Bular, albatta, korxona hududida havo haroratini
oshiruvchi asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi.
Bu omillar ta`siridan hosil buladigan harorat
korxona xavo muhitining
mikroiqlimi
deb yuritiladi.
Ob-havo omillari mehnat qilish qobiliyatiga va insonning sog‘lig‘iga juda katta
ta`sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarining deyarli hammasi
bir vaqtda ta`sir qiladi. Ba`zi sharoitlarda bunday ta`sir ko‘rsatishi foydali bulishi
mumkin. Masalan, sovuq sharoitda tananing qurishi natijasida darmonsizlanish
ko‘proq uchraydi, ba`zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta`sir
darajasi ortib ketishi mumkin.
Ana shunday, nisbiy namlik va haroratning ortib
ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga keltiradi.
Bundan tashqari, ish
joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bulgan vaqgda ijobiy va harorat
past bulgan vaqtda esa salbiy natija beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ob-havo omillari ba`zi
hollarda kishiga ijobiy va
ba`zan esa salbiy ta`sir ko‘rsatib, inson organizmining tashqi muhitga
moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tanada muhitga
moslashuv - bu inson
organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil
chegarada (36—37°S)
saqlab turish qobiliyati, demakdir.
Tashqi muhitga moslashuv ikki xil:
Dostları ilə paylaş: