76
10.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo
qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filьtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma
shamollatkich; 6-havoni
xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish
teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini
ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni
farqi hisobiga tabiiy yo‘l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali
amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy
shamollatish yoki aeratsiya
deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni
chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin
(1.-rasm).
SHamollatkichlar ishlatish joyiga
qarab umumiy va mahalliy
shamollatkichlarga bulinadi.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa,
mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (2.-rasm).
SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va
havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq
buladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita
zararliliklar ajralayotgan
joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan
iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez
10.2.-rasm. So‘rish qurilmasi. CHapdagi -to‘g‘ri; o‘ngdagi -
noto‘g‘ri.
77
buladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Xonadan tashqariga
chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bulgan tomonga chiqarish lozim.
Dostları ilə paylaş: