Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Ishlab chiqarishda isitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
2. Ishlab chiqarishda isitish. 
Isitish ishchi zonada normal ishlash sharoitini taminlash uchun havo 
haroratini saqlab turishga mo‘ljallangandir. Isitish mahalliy va markaziy 
ko‘rinishlarda buladi. Ishlab chiqarish sharoitida mahalliy istishdan harakatdagi 
mashinalarning kabinalarida va asosiy ishlab chiqarish binosidan uzoqda 
joylashgan umumiy maydoni 500 m
2
dan ko‘p bulmagan xonalarni istishda 
foydalaniladi. Qolgan holatlarda markaziy isitishdan foydalaniladi. 
Isitishda issiqlik manbai sifatida suv, bug‘ va havodan foydalaniladi. Suv 
va par maxsus qozonxonalarda isitib xonalarda o‘rnatilgan isitish moslamalariga 
quvur orqali uzatiladi. Xonalarga uzatiladigan issiq havo ko‘p holda 
kaloriferlarda, suv, bug‘lari esa elektr yordamida isitiladi. SHunga mos ravishda 
isitish suv, bug‘, havo bilan va kombinatsiyalashgan isitishlarga bulinadi. Suv 
yoki bug‘ bilan isitishda isitish moslamalari sifatida radiatorlar yoki qovurg‘ali 
quvurlardan foydalaniladi. 
 
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari. 
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan 
foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo‘ladi. 
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh 
nuridan hosil bulgan yorug‘lik mahsulidir. 


80 
Tabiiy yorug‘lik issiqlik va yorug‘lik doimiylariga ega bo‘lib, ular 
quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug‘lik uchun esa 
137000 lk.ga tengdir. 
Tabiiy yorug‘likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o‘ta foydali 
ulьtrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo‘lib, bu nurlar muhitni 
sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. 
Tabiiy yorug‘likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar 
orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. 
Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
-Yorug‘lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo‘naltirilgan yoki 
tarqoq hollarda bulishligini ta’minlanishi; 
-Insolyatsiya va yorug‘lik me’yorlaridan kam bo‘lmasligini ta’minlanishi. 
b) Sun’iy yorug‘lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini 
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug‘lik umumiy, mahalliy va aralash 
ko‘rinishda bo‘ladi. 
-Umumiy yorug‘lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi. 
-Mahalliy yorug‘lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi 
darajasida ta’minlaydi. 
-Aralash yorug‘lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan 
birgalikda qo‘llanilganligidir. 
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to‘la qondira oladi. 
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana 
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni 
avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks 
bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin