78
Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. U
shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor
orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish
hosil buladi va buning
ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Tabiiy havo almashinish qurilmalarining ishlashi samaradorligi ulardan
qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq.
SHuning uchun tabiiy havo
almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bulingach,
ular sinovdan
o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va
tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish
yo‘lining o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: