73
Ayrim zaharli moddalar o‘pkadan arterial qonga o‘tib, so‘ng boshqa organlar
va to‘qimalarga tashiladi hamda tez reaktsiyaga kirishadigan deb nomlanuvchi bu
moddalar, qisqa vaqt ichida butun organizmga tarqaladi.
Sekin reaktsiyaga kirishadigan zaharli moddalar arterial qon to‘qimalaridan
bir muncha sekinlik bilan o‘tib, ulaning arterial qondagi miqdori venadagiga
nisbatan yuqori bo‘lib turadi. To‘qimalar to‘yina borgan sari bu tafovut yo‘qoladi
va zaharli moddalarning nafas bilan chiqariladigan havodagi miqdori uning nafas
bilan oladigan miqdoriga yaqinlashadi.
Havoda bo‘lgan zaharli gazlar va bug‘lar teri orqali so‘rilishi mumkin,
chunki teri
nafas olish jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari havodagi zaharli bug‘lar va
gazlar teridagi yog‘ qatlamida erib, keyinchalik u orqali so‘rilishi mumkin.
Yog‘simon moddalarda eruvchan zaharli moddalar, xususan, uglevodlar, aromatic
aminlar, benzol, anelin kabi birikmalar teri orqali o‘tish xususiyatiga ega. Ishlab
chiqarishdagi zaharlarning teri orqali o‘tish xususiyatini gigienik me`yorlarda va
sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda hisobga olinadi: bunday moddalar uchun
havodagi yo‘l qo‘yiladigan miqdor birmuncha past belgilanadi, teri qoplamalarini
himoya qilish choralari ko‘zda tutilgan holda, ishdan keyin, albatta, yuvinish
tavsiya etiladi.
Zaharlar ovqat hazm qilish organlariga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya
qilmaganda: iflos qo‘l bilan ovqatlanishda, chekishda tushadi. Zaharli
moddalarning me`daga tushishi, uni shilliq pardasi zararlanishi, sekretsiya bezlari
faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmga tushgan zaharning qon oqimi
bilan to‘qimalarda, oqsil hujayralari va to‘qimalararo muhitning boshqa tarkiblari
bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta`sirlashuvi ro‘y beradi, Bu jarayonlarning biologik
yo‘nalishi organizmning zaharlarga qarshi kurashidir.
Dostları ilə paylaş: