Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari 
Ishlab chiqarish zaharlanishi deb, insonga mehnat sharoitida ta`sir etadigan, ish 
qobiliyati va sog‘lig‘ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‘y 
beradigan zaharlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ishlab chiqarish 
zaharlarining inson organizmiga ta`sir qilish belgilarini, ularning zararli va 
xavfliligi darajasini, asosan toksikologiya fani o‘rganadi hamda zaharli gazlardan 
xavfsiz foydalanish maqsadida gigienik me`yorlar, tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Zaharlar umumiy va mahalliy ta`sir qilishi mumkin. a) Umumiy ta`sir 
zaharning qonga so‘rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, marganetsdan 
zaharlanishda asab tizimi, benzol ta`sirida esa, qon ajratish organlari zarar ko‘radi. 
b) Mahalliy ta`sir ko‘rsatishda, inson organizmidagi to‘qimalarning shikastlanishi:
ta`sirlanish, yallig‘lanish hodisalari, ishqorli va kislotali eritmalar va bug‘lar bilan 
ishlaganda teri hamda shilliq pardalar kuyadi. 
Ishlab chiqarishda zaharlanishlar o‘tkir, o‘rtacha va surunkali bo‘lib, 
quyidagicha xarakterlanadi: 
1. Zahar qisqa muddatda – bir smenada ta`sir qiladi; 
2. Organizmda zahar katta miqdorda tushishi, kimyoviy moddani bilmay 
ichib qo‘yishi yoki teri qattiq zaharlanishi natijasida sodir bo‘ladi. 
3. Surunkali zaharlanish - inson organizmiga oz miqdordagi zaharlarning, 
uzoq vaqt asta-sekin yig‘ilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, benzoldan o‘tkir 
zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko‘radi va narkotik ta`sir ko‘rsatiladi, 
surinkali zaharlanishda esa qon tizimi zaharlanadi. 
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo‘ladi. 
Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo‘llari qatori, 
sil, yurak-tomir tizim kasalliklari, rivojlanishiga imkon yaratib, bronxial asma, 
ekzema va boshqa kasalliklarga duchor qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin