70
13-25
75
0,5
15-30
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi
mumkin bulgan miqdorlar ko‘rinishida belgilanadi. Risoladagi miqdorlar deganda
odamga uzoq muddat va muntazam ta`sir qilganda tashqi muhitga moslashuv
reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning me`yoriy faoliyatini va issiqliq
holatini saqlashni ta`minlaydigan mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yigindisi
tushunilib, ular issiqlik sezish mo‘`tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini
oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan mikroiqlim sharoitlari organizmning
faoliyatini
va
issiqlik
xolatdagi
o‘zgarishlarni, fiziologik moslanish
imkoniyatlaridan
chetga
chiqmaydigan
tashqi
muhitga
moslashish
reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez me`yorga soladigan
mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yig‘indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar
vujudga kelmaydi, biroq nomo‘`tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi
va ish qobiliyatning pasayishi kuzatilishi mumkin. 6.1, 6.2, 6.3-jadvallarda
mikroiqlimning risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan me`yorlari keltirilgan.
Doimiy ishlarda 6.1 jadvalda keltirilgan mikdorlar ta`minlanishi lozim, ular havoni
mo‘`tadillashtirishda ham majburiydir. Qator hollarda, masalan, issiqlik ko‘p
ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarning hajmi katta bulgan metallurgiya,
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo‘l qo‘yiladigan me`yorlarga (6.1, 6.2-
jadval) asoslanish mumkin, biroq mehnat va dam olish holatlariga qo‘yiladigan
gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga
qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me`yorlar yilning sovuq va bir mavsumdan
ikkinchisiga o‘tish davrlarida (tashqi havoning) o‘rtacha kundalik harorati +10 °S
dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (6.1-jadval)
birmuncha katta raqamlarda o‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (6.2-jadval)
ish joylari havosining oshgan harorati (ayniqsa, Markaziy Osiyo sharoitida va
issiqlik ajralib chiqishi mumkin bulgan ish joylarida) issiqlikning ancha ortiqcha
bulishini kuzda tutadi. Bu tashqi muhitning issiq bulishi bilan birga katta
miqdordagi issiqlikni yo‘qotishning qiyinligi bilan bog‘liq.
Biroq bu holda ham me`yorlar yo‘l qo‘ysa buladigan maksimumni
chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bulgan ish joylarida havoning harakat tezligi
ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
Xonalarning katta-kichikligi, bir vaqtning o‘zida ham issiqlik, ham namlikning
ajralishi, doimiy harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini
hisobga oladigan koeffitsientlarni ishlab chiqish lozim buladi. Ish nechog‘liq og‘ir
bulsa, harorat shunchalik past va havo harakati shuncha yuqori buladi.
Dostları ilə paylaş: