Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

5. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
I. Gigienik yo‘nalishda: 
-salomatlik va ish qobiliyatiga ta`sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti 
omillarini me`yorlash; 
-ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo‘qotish yo‘li 
bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash. 
II. Fiziologik yo‘nalishda: 


66 
-ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda 
bulishiga erishish;
- mehnat va dam olish rejalarini joriy etish; 
-mehnatni jismoniy og‘irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan etarlicha 
harakat faolligini ta`minlash; 
-mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish. 
III. Psixologik yo‘nalish: 
- pul’tlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar 
ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati); 
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni 
hisobga olish; 
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnat va uning 
natijalaridan yuqori manfaatdor bulishlarini ta`minlash buyicha tadbirlar ishlab 
chiqish va joriy qilish.
IV. estetik yo‘nalish: 
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va 
boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pul’tlar singari 
boshqaruv vositalarini ixtiro qilish. 
Qurilishi lozim bulgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish 
jarayonida sanitariya-gigiena, yong‘in xavfsizligi buyicha ma`lum maxsus talablar 
qo‘yiladi. 
Qurilayotgan korxonaning ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat 
fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya 
me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini 
olish buyicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar 
tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar, korxonada xavfsiz 
mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi . 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin