Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Mutaxassis va rahbar xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Mutaxassis va rahbar xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish.
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini 
oshirish uchun korxona, boshqaruv bo‘limlarida davlat nazorat tashkilotlari 
ilmiy tadqiqot institutlari va tarmoq mutaxassislarini jalb qilgan holda kurslar, 
semenarlar, ma’ruzalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi. 
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan avval quyidagilar bilan 
tanishishlari kerak:
-ularga ishonib topshirilayotgan tashkilotda (bo‘lim, tsex, korxona) mehnat 
muhofazasi va sharoiti holati; 
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ishchi hamda xizmatchilarni 
himoyalash vositalari; 
-jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili
-mexnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat 
muhofazasi bo‘yicha qshllanma va lavozim vazifalari ruyxati. 
Mutaxassis va rahbar xodimlarning mehnat muhofazasidan bilimlarini 
tekshirish yuqori tashkilot mehnat muhofazasi bo‘limlarining doimiy imtihon 
komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari 
tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining 
rahbarlari boshqaradi. Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni 
ko‘p bo‘lsa, bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday 
hollarda komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassislari va 
korxona rahbarining muovinlari tayinlanadi. 
Imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish korxona ma’muriyatiga hamda imtihon 
komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imtihonlar tasdiqlangan reja 
bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a’zolariga bir oy 
oldin tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihon kuni va o‘tkazilish joyi haqida 
kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi. 
Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo‘lsa imtihon o‘tkazishga ruxsat 
berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar 
boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshirgan bo‘lishlari kerak.
Imtihon komissiyasi quyidagilar bo‘yicha rahbarlarning bilimlarini 
tekshiradi: 
-O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, boshqa qonun va me’yoriy 
hujjatlar; 
-mehnat xavfsizligi standartlar tizimlari; 
-halokatlarni cheklash va ogohlantirish tizimlarini; 
-elektr jarohatlaridan ogohlantirish


53 
-yong‘in xavfsizligi, halokat, portlash hamda yong‘inlarni bartaraf qilish usul va 
vositalari; 
- ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda xodimlarning harakatlari; 
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasining asosiy talablari; 
-mehnat muhofazasi holatini nazorat qilishda davlat, tarmoq va jamoat 
nazoratlari to‘g‘risidagi nizomlar; 
-baxtsiz hodisalarni taftish qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish; 
-texnologik tizimning xavfsizligini ta’minlovchi pasport, sxemalar, texnologik 
reglamentlar va lavozim yo‘riqnomalari; 
-SHHV ni tarqatish tartibi va me’yorlari, ishlatish muddatlari; 
-mehnat bitimlari, ish vaqti, dam olish vaqti, ayollar mehnatini muhofaza qilish 
va balog‘at yoshiga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Imtiyozlar va 
to‘lovlar; 
-jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish usullari. 
Imtihon savollari texnologik jarayonning o‘ziga xos tomonlarini, mutaxassis 
rahbarlarga qo‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan 
holda tuzilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin