“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
396
Auditoriya darsiga talabalar mavzu bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lib va murakkabroq
ma’lumotlarni
idrok etishga, muhokamalarda qatnashishga va olingan bilimlarni amalda
qo‘llashga tayyor bo‘lib keladilar.
Aralashtirilgan ta’lim bo‘yicha sinf darsi sinfdan oldingi ish natijalariga ko‘ra “talaba-
o‘qituvchi”ning fikr-mulohazalarini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza mashg‘ulotida mini leksiya o‘tildi,
yangi mavzu doirasida talabalarning savollariga javob berildi, darsni umumlashtirildi, shuningdek,
bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, ma’ruza mashg‘uloti qiziqarli o‘tishi uchun interfaol
metodlardan (problem solving organayzeri) foydalanildi.
Shu tarzda tashkil etilgan o‘quv jarayonida mustaqil va auditoriya ishlari o‘rtasidagi
chegara yo‘qoladi. Shu bilan birga, elektron va sinf komponentlarini
integratsiyalashuvi
muvaffaqiyatning asosiy omillariga aylanadi [4].
Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ma’ruza mashg’ulotlarida aralash ta’limning flipped
classroom modelini qo‘llashda olingan ma’lumotlar hajmining ortishi qayd etildi va talabalar faol,
mas’uliyatli, mustaqil bo‘lib, taklif qilingan materialni yaxshiroq o‘zlashtirdilar, bir-birlari bilan
erkin muloqot qilishdi. O‘qituvchi endi darsda yangi materialni aniq aytib berishga
ulgurmasligidan qo‘rqmaydi. U ma’ruzachi rolidan talabalar uchun
maslahatchi darajasiga
o‘tadi[5].
Aralash ta’lim asosida tashkil etilgan o’quv jarayonida boshqalarga o‘rgatish orqali o‘z-
o‘zini o‘rganish jarayoni mavjud bo‘lib, bu ta’limning eng samarali usuli hisoblanadi.
Aralash ta’lim, bizningcha, talabalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantirishga yordam beradigan, talabaga o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini (vaqtni boshqarish,
kuchlarni taqsimlash, tanqidiy fikrlash) shakllantiradigan, o‘qituvchiga har bir talabaga individual
yondashish, har bir talabaning asosiy kamchiliklarini aniqlash
va uning temperament
xususiyatlarini xisobga olgan holda harakat traektoriyasini qurish imkonini beradigan
texnologiyadir.
Demak, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini aralash ta’lim asosida tashkil qilish
sinf vaqtini tejash, o‘quv jarayonida yangi aloqa
vositalaridan foydalanish, ob’ektiv baholash
imkoniyati va innovatsion nazorat vositalaridan foydalanish,
qobiliyatlarni rivojlantirish, o‘z
faoliyatini rejalashtirish, bilimlarni sinfdan tashqari egallash va undan foydalanish qobiliyati,
haqiqiy o‘quv materiallaridan foydalanish, talabaga yo‘naltirilgan yondashuvga tayanishga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: