“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 395
–
yaxshi o‘qigan talabalar o‘z bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin, ortda qolganlar esa
ularni quvib olish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladilar;
–
talabalar kattalar hayoti uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi: guruhlarda ishlash va
universitetda yoki keyingi kasbiy faoliyatda har qanday muammolarni hal qilishda jamoaviy ish
muhim rol o‘ynashini tushunadilar [2].
Demak, bularning barchasi “Flipped Classroom” modelining axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liqligidan dalolat beradi. [3]. Bu tarzda tashkil etilgan
o‘quv mashg‘ulotlari talabalarda universal o‘quv faoliyatini shakllantirishga, shaxsiy fazilatlarni,
ichki motivatsiyani va mas’uliyat hissini rivojlantirishga imkon beradi, chunki talabaning uyda
qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi uning darsda qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishiga bog‘liq.
Bundan tashqari, flipped classroom modeli zamonaviy jamiyatda talab qilinadigan faollik,
mustaqillik, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari kabi fazilatlar va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar sifatli va qulay o‘quv materiallarini qulay vaqtda va
joyda ko‘rishlari mumkin. Ba’zan talabalar o‘qituvchidan biron bir narsani tushuntirishni
so‘rashdan uyaladilar, chunki ular qolgan sinfdoshlari oldida ahmoq bo‘lib ko‘rinishidan
qo‘rqishadi. Ushbu texnologiya ushbu psixologik momentni zararsizlantirishga imkon beradi,
chunki talaba uyga tayyorgarlik paytida kerakli o‘quv materiallarini qayta-qayta o‘rganishi
mumkin.
Odatda, an’anaviy o‘quv jarayoni (sinf ishi - sinfdan tashqari ish - sinf ishi) auditoriya
(ma’ruza) jarayonida yangi materialni taqdim etish va tushuntirish, uni uy vazifasi sifatida
mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlarni bajarish, so‘ngra o‘zlashtirishni nazorat qilishdan iborat .
“Flipped Classroom” modeli yordamida tashkil etilgan o‘quv jarayoni esa elektron
muhitda (elektron kurs) mustaqil ishlashdan boshlanadi.
Biz, “Informatikaning nazariy asoslari” fanining ma’ruza mashg’ulotini aralash ta’limning
Flipped classroom modeli orqali loyihaladik. Unga ko’ra, biz aralash ta’limning Flipped
classroom modelini o‘zaro bog‘langan elektron va sinf komponentlari yordamida amalga
oshiriladigan “darsdan oldingi ish - sinfdagi ish” sikli sifatida ifodaladik (1-rasm).