Miya funktsiyasining energiya zaxirasi bo'lgan kepekli ozuqalar tezda chalg'ishni kamaytiradi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, qon aylanishini tartibga soladi.
Yogurt
Kaltsiyga boy bo'lgan yogurt xotirani mustahkamlashga yordam beradi. Kuniga yogurt yoki boshqa sut mahsulotlarini muntazam iste'mol qilishga e’tibor berish tavsiya etiladi.
Chernika (Yaban mersini)
To‘q rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi va qisqa muddatli xotira yo‘qolishini oldini oladi. Chernika ulardan biri hisoblanadi. Ushbu meva ayni vaqtda stressni kamaytiradi.
Ayniqsa, B6 va B12 vitaminlarini iste'mol qilish insult, demans va altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi. Tovuq, baliq, tuxum va B vitaminlariga boy yashil bargli sabzavotlarni iste'mol qilish inson salomatligi uchun o’ta muhimdir. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliqlar tarkibida ko‘p mavjud bo’ladi.
Smorodina
Smorodina tarkibidagi S vitamini aql zakovatni o’tkirlaydi. Keksalarda ko’p uchraydigan demans va altsgeymer kasalligidan himoya qiladi. Smorodina bilan bir qatorda tsitrus mevalari va brokkoli ham ushbu himoyani qo'llab-quvvatlaydi.
Qahva
Kofein miya funktsiyalarining yuqori darajada ishlashini ta'minlaydi. Bu xotirani mustahkamlaydi va uni yaxshilaydi. Kuniga ikki stakan qahva bunga yordam beradi. Biroq, me’yordan ortiqcha qahva iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Brokkoli
Bu asab tizimini quvvatlantiradi, reflekslaringizni kuchaytiradi va miya rivojlanishini tezlashtiradi. Shuningdek, u tanadagi toksinlarni yo’q qilishga katta hissa qo'shadi.