Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


-mavzu: Horijiy davlatning elektron raqamli imzosi algoritmlari tahlili



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix20.11.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#166207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kiberxavfsizlik 2 mustaqil

3-mavzu:
Horijiy davlatning elektron raqamli imzosi algoritmlari tahlili
Respublikamizda aloqa sohasini rivojlantirish, aholiga axborot xizmati ko‘rsatish 
sifatini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashda aloqa va axborotlashtirish sohasi 
mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan ixtiro hamda ratsionalizatorlik takliflarining 
o‘rni beqiyos.
Ana shunday istiqbolli yangiliklardan biri — fan-texnika va marketing tadqiqotlari 
markazi bosh ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika 
fanlari doktori, professor Po‘lat Hasanov, FTMTM direktorining birinchi o‘rinbosari, 


texnika fanlari nomzodi dotsent Rixsi Isaev, markaz laboratoriya boshliqlari 
Mahmuda Nazarova hamda Oydin Ahmedova, tadqiqotchi Xislat Hasanovlar 
tomonidan yaratilgan “Kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va maxfiy 
kalitlar generatsiyasining diaekspotentsial tizimini yaratish usuli” ixtirosidir.
O‘zbekiston Respublikasining milliy kriptografik algoritmlarini yaratish, ularni 
takomillashtirish va axborotni kriptografik muhofazalashning milliy dasturiy va 
apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik 
muhofazasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 614sonli qarorida 
birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yilganligini hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning 
bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Axborot texnologiyalari hamda kriptografik tizimlar uchun mo‘ljallangan ushbu ixtiro 
zimmasiga kriptobardoshli
kommunikatsiya va autentifikatsiya tizimini yaratish, maxfiy shifrlash kalitlarini 
generatsiya qilish va almashish vazifasi yuklatilgan. Bu bejiz emas.
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida internet paydo bo‘lganidan boshlab, axborot 
o‘g‘irlash, axborot mazmunini egasidan iznsiz o‘zgartirib va buzib qo‘yish, tarmoq va 
serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qo‘lga kiritilgan 
uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash, 
jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali jo‘natish hollari dunyo miqyosida ko‘paydi.
Rivojlangan davlatlar axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida maxfiy axborotlarni 
xavfsiz uzatish va elektron raqamli imzo yaratishda o‘z milliy algoritmlaridan 
foydalanishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bir davlat, boshqa bir davlatga 
axborottelekommunikatsiya texnologiyalarini eksport qilar ekan, ularning axborot 
muhofazasi tizimi etarli darajada puxtalikka ega bo‘lishiga kafolat berishi mushkul. 
Chunki, xorijga eksport qilinadigan dasturiy mahsulotlarda milliy standartlar 
qo‘llanilmaydi. Bu hozirga kelib O‘zbekiston Respublikasida milliy kriptografik 
algoritmlarni yaratish va ularni takomillashtirish muammolarini dolzarb qilib qo‘ydi. 
Bu muammoni hal etish uchun, albatta, kriptologiya fanini rivojlantirish lozim, zero 
hozirgi kunda bu axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy yo‘ldir.
Kriptologiya yunon tilida kryptos — “sirli” va logos — “xabar”
(axborot) degan ma’noni anglatib, aloqa kanallari orqali axborot xavfsizligini 
ta’minlagan holda saqlash va uzatish tizimlarini yaratish hamda tahlil qilish bilan 
ushbu fan shug‘ullanadi.
Respublikamizda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan 
rivojlantirishni ularning xavfsizligini ta’minlamasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Shuni e’tiborga olib, kriptografiya sohasini rivojlantirishga O‘zbekiston aloqa va 
axborotlashtirish agentligi tizimida ham katta e’tibor berila boshlandi. 
Respublikamizda birinchilardan bo‘lib, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi 
qoshida kriptografiya sohasini tadqiq etishga mo‘ljallangan bo‘lim 2000 yildan 
faoliyat ko‘rsata boshladi. Ilmiy izlanishlar natijasida 2002 yilda O‘zbekistonda 
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori professor Po‘lat Hasanov 
rahbarligida «Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiyalash usuli» nomli ixtiro 


uchun talabnoma topshirildi va 2006 yilda bu ixtiroga IAP 03070-sonli patent olindi. 
Bu mamlakatimiz kriptografiya sohasidagi ilk yutuq edi.
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini ta’minlash borasida markazimizda bir 
necha yillardan buyon tegishli amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, — 
deydi ixtiro mualliflaridan biri, professor Po‘lat Hasanov. — O‘zbekiston 
Respublikasining «Diaeksponentsial kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va 
maxfiy kalitlar generatsiyasi sistemasini yaratish usuli» ixtirosi uchun olingan IAP 
03416-sonli patenti boshlagan ilk ishimizning davomi hamda ana shu ilmiy ishlarning 
samarasidir. IAP 03070 va IAP
03416-sonli patentlarga asoslangan holda O‘zbekiston
Respublikasining kriptografiya sohasidagi dastlabki davlat standarti O‘z DSt 
1092:2005 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Elektron 
raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari» ishlab chiqildi.
O’z DSt 1092:2005da ERIni shakllantirish jarayoniga ERIning haqiqiyligini 
tasdiqlashda boshqa xorijiy standartlarda bo‘lmagan seans kaliti tartibotini kiritish 
bilan ERI soxtalanilib, uni haqiqiyligini
tasdiqlash ijobiy natija berganda ham uning soxta ekanini aniqlashning zaxiraviy yo‘li 
nazarda tutilgan. Bu esa bardoshlilikni oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar 
yaratadi.
ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi seans kalitli (hq1) maromda standartga xos 
bo‘lgan protokollar asosida xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lsa, unda hq1 maromdan 
foydalanish maqsadga muvofiq, bunda modul uzunliklari 256-1024 bit oralig‘ida 
bo‘lganda ham yuqori tezlik va bardoshlilikni ta’minlash uchun etarli hisoblanadi.
Seans kalitidan foydalanilganda O‘z DSt 1092:2005ning tezkorligi
AQSh davlat standartlari DSA, ECDSA, Rossiya davlat standartlari GOST 34.10-94, 
GOST R 34.10-2001ga nisbatan yuqori, bardoshliligi esa ularnikidan kam emas. O‘z 
DSt 1092:2005ning bardoshliligi seans kalitisiz maromda bir xil modullardan 
foydalanilganda DSAga nisbatan ikki marta yuqori ekanligi isbotlangan.
— Seans kaliti nafaqat tashqi buzg‘unchilarga nisbatan balki, ichki buzg‘unchilarga 
nisbatan ham kriptotizim bardoshliligining yuqori darajasini ta’minlaydi. Shularni 
e’tiborga olib, modulning quyi chegarasi 256 bit etib belgilangan, yuqori chegarasi esa 
cheklanmagan, — deya suhbatga qo‘shildi dotsent Rixsi Isaev. — Binobarin, katta 
ahamiyatga ega elektron hujjatlarga va yirik pul mablag‘lariga, tegishli jo‘natmalarga 
ERIni shakllantirishda seans kalitli maromdan foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘z DSt 1092:2005 standartiga asos qilib olingan parametrli algebradan foydalanish 
ko‘pgina mavjud oshkora kalitli ERI algoritmlarini takomillashtirishning yangi 
yo‘nalishini ochib beradi. Shuningdek, bu algebra kripto tahlil sohasida ham o‘xshashi 
bo‘lmagan yangi, samarali kriptotahlil algoritmlarini yaratishga olib kelishi algebra 
mualliflari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot hisobotlarida keltirilgan.
Darvoqe, oshkora kriptografiya bundan 32 yil muqaddam DiffiXellman tomonidan 
ixtiro qilingan. Uning simmetrik kriptografiya amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan 


sohalardan birinchisi elektron raqamli imzo bo‘lsa, ikkinchisi maxfiy parametrlarni 
himoyalanmagan aloqa kanali orqali almashishidir. IAP 03416-son patentiga muvofiq, 
maxfiy kalitlarni generatsiyalash tizimini yaratish hozirgi kunda jahonda keng 
foydalanilayotgan Diffi-Xellman usuliga asos bo‘lgan bir tomonlama darajaga 
oshirish funktsiyasi o‘rniga maxfiy parametr bilan darajaga oshirish funktsiyasidan 
foydalanishga asoslangan. Unda dastlabki aloqa seansida etarli bardoshlilikka ega tub 
modul asosida oshkora parametrli darajaga oshirish funktsiyasi ishlatilib, dastlabki 
maxfiy shifrlash kaliti generatsiyalangach, keyingi aloqa seanslarida undan parametr 
sifatida foydalanilib, katta bo‘lmagan modulda maxfiy shifrlash kalitlarini 
generatsiyalashga o‘tiladi. Bu kriptotizim bardoshliligi va tezkorligini keskin darajada 
oshirishga imkon beradi.
Ayni paytda respublikamizning turli sohalarida, shu jumladan, soliq to‘lovi tizimida, 
axborot-kommunikatsiya sohalarida tatbiq etilayotgan himoyalangan elektron pochta 
E-XAT va himoyalangan elektron xujjat almashuv E-Hujjatda mazkur patentga 
asoslangan autentifikatsiya va maxfiy kalitlarni generatsiyalash tizimidan 
foydalanilmoqda. Bu tizimda axborotlarning maxfiyligi va butunligini ta’minlash 
mexanizmlari joriy etilgan. Foydalanuvchi autentifikatsiyasi uchun an’anaviy 
parollardan tashqari
foydalanuvchining maxfiy
kalitlaridan 
foydalaniladi. Bu esa badniyat tahdidchilarning tizimga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuningdek, ushbu ixtiroga asoslangan holda axborotni kriptografik muhofazalashning 
turli vositalari ham yaratilmoqda. Axborot xavfsizligi va
kriptologiya ilmiy-tadqiqot bo‘limida yaratilgan elektron qulf uskunasi (EQU- 
1)ning
namunaviy
nusxasi
shular
jumlasidandir.
Ixtiro bo‘yicha ishlab chiqilgan himoyalangan elektron hujjat almashuv tizimi 
EHujjatni joriy etishdan keladigan iqtisodiy samara yuqori bo‘lib, u quyidagi qiyosiy 
jadvalda
namoyon
bo‘ladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin