4-mavzy:Identifikatsiya va autentifikatsiya tushunchasi va vazfalari
Kompyuter tizimida rо‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki
foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda
indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq. Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki
simvollar satri bо‘lishi mumkin. Bu axborot subyekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar
foydalanuvchi tarmoqda rо‘yxatga olingan indentifikatorga ega bо‘lsa u legal
(qonuniy), aks holda legal bо‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi.
Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining
identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan о‘tishi lozim.
Foydalanuvchilarni identifikatsiya va autentifikatsiyadan o’tkazish
asosan tizimdan
foydalanishga ruxsat berish uchun amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni uzatish kanallarida
himoyalashda sub’ektlarning o’zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali
bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining o’zaro tasdig’i bajarilishi shart.
Xaqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish
jarayonida amalga oshiriladi. “Ulanish” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti
o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi – ulanish
qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan
manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bо‘yicha
aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga
uringanida birinchi
galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning sо‘rovi bо‘yicha о‘zining
identifikatorini bildiradi, tizim esa о‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini
tekshiradi.
Autentifikatsiya -yunon tilidan tarjima qilingan ushbu so'z tom ma'noda haqiqiy yoki
haqiqiy degan ma'noni anglatadi.
Autentifikatsiya (Authentication) – ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki
qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi
(jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon
beradi. Autentifikatsiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy
ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi
taraf ham axborot
almashinuv jarayonida faol qatnashadi.Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi
noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat)
kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Autentifikatsiya natijasida foydalanuvchilarni shaxsini aniqlash(tekshirish) va unga
tarmoq xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berish vazifalari amalga
oshiriladi.O’zining haqiqiyligining tasdiqlash uchun sub’ekt tizimga turli asoslarni
ko’rsatishi mumkin. Sub’ekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda autentifikatsiya
jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin:
➢
biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi PIN
(Personal Identification Number) hamda “so’rov javob” xilidagi protokollarda
namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko’rsatish mumkin;
➢
biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smartkartalar, sertifikatlar
va “touch memory” qurilmalari;
➢
qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya o’z
tarkibiga
foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko’zining rangdor pardasi
va to’r pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi.
Biometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni
nazoratlashda ishlatiladi.
Avtorizatsiya (Authorization) — subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni
berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya subyekt harakati doirasini
va u foydalanadigan
resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan
shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfidensialligi va yaxlitligi
buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi
harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog‘langan. Ma’murlash (Accounting) —
foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan
foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot axborot xavfsizlik nuqtai nazaridan
tarmoqdagi xavfsizlik
xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaksiya
kо‘rsatish uchun juda muhimdir.
Autentifikatsiya protokollariga bo’ladigan asosiy xujumlar quyidagilar: •maskarad
(impersonation). Foydalanuvchi o’zini boshqa shaxs deb ko’rsatishga urinib, u shaxs
tarafidan xarakatlarning imkoniyatlariga va imtiyozlariga ega bo’lishni mo’ljallaydi;
•
autentifikatsiya almashinuvi tarafini almashtirib qo’yish (interleaving attack). Niyati
buzuq odam ushbu xujum mobaynida ikki taraf orasidagi autenfikatsion almashinish
jarayonida trafikni modifikatsiyalash niyatida qatnashadi. Almashtirib qo’yishning
quyidagi xili mavjud: ikkita foydalanuvchi o’rtasidagi autentifikatsiya muvaffaqiyatli
o’tib, ulanish o’rnatilganidan so’ng buzg’unchi foydalanuvchilardan birini chiqarib
tashlab, uning nomidan ishni davom ettiradi;
•
takroriy uzatish (replay attack). Foydalanuvchilarning biri tomonidan
autentifikatsiya ma’lumotlari takroran uzatiladi;
•
uzatishni qaytarish (reflection attak). Oldingi xujum variantlaridan biri bo’lib, xujum
mobaynida niyati buzuq odam protokolning ushbu sessiya doirasida ushlab qolingan
axborotni orqaga qaytaradi;
•
majburiy kechikish (f
Dostları ilə paylaş: