Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
kiberxavfsizlik 3

Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish
1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish. Dastlabki nazorat: 
Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish. Profilaktika: "Yozishdan 
himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun disketadan foydalanishni 
minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni 
vinchesterda arxivlangan holda saqlash. Taftish (Reviziya): Yangi dasturlarni maxsus 
dasturlar yordamida tekshirish. Karantin: Har qanday yangi dastur yangi karantin 
muddatini o'tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan bo'lishi 
kerak. Filtrlashtirish: FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali 
ehtimoldagi viruslarni tutish. Terapiya: (davolash).
Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni 
"tishlab olib tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi. Yuqorida aytilganlardan ko'rinib 
turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: 
dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar 
(viruslardan davolaydi). Ular har bir foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter ishga 
tushirilishidan oldin doimo sinab ko'rilishi kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan 
viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish 
jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar 
ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib 
bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, 
bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1 
gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.
Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil 
to'xtab o'tamiz. Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - 
zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-
harakat quyidagicha bo'ladi: kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali 
disket yordamida qayta yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur 
disketada antivirus dasturlari joylashgan bo'lishi kerak. Antivirus dasturini ishga 
tushiring. Zararlangan operasion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga 
tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Jumladan, 
bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning 
kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga 
mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish qolgan yuklovchi modullarni 
ham ishdan chiqaradi.
Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari ishonish. 
Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalar-da, ular 
har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi 
emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz ta'kidlashimiz 


lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor-faga"ning o'zi. Shuning 
uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar 
bo'lishi mumkin.
Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni 
o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli 
SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni 
payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi. Shuning 
uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan" zararli 
dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin.
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini 
ta'kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor 
mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini "tishlashi 
mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga ishlab 
turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l qo'yiladigan 
xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi va ishonchsiz 
disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo himoyalash kerak. Faqat 
ishonchli disketalardangina foydalanish darkor. Va yana bir yo'l qo'yiladigan xatoga 
maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda disketa bo'la turib, kompyuterni qayta 
yuklashdir. Bunda BIOC aynan disk yuritgichdagi disketadan dasturni yuklaydi
natijada disketadagi boot-virus vinchesterga yuqadi.
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan 
tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing 
hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib, 
qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin