bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib,
kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi. 2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini
o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab. 3. Ma'lumotlarga o'zgartirish
kiritadigan viruslar. 4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 5. Foydalanuvchining
ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga
yuboradigan viruslar.
Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab
chiqarilmokda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident
antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha
qadar operativ xotira, aktiv
(joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining
ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda
foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident
antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni
va belgilangan
vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng
tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP
Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest;
Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec kompaniyasining
Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng
tarqalgan. Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan
birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP
antivirus
dasturlar kompleksi qo'llaniladi. 2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy
laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U
modullardan iborat bo'lib, har bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya'ni dasturni
butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin. AVP kompleksi
quyidagi modullardan tashkil topgan: - AVP Control Center - AVP ning
boshqarish
markazi. - AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun
xizmat qiladi. - AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa
usullar bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning
tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi. - AVP Updates (AVP
yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan to'ldirish uchun xizmat
qiladi.
AVP Control Center AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus
kompleksining ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni
boshlash
vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi o'rnatilganidan keyin
AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar
satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi. Uni ishga tushirish uchun
Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control Center ni tanlash kerak. Natijada
ekranda uning oynasi hosil bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: