Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


-mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
kiberxavfsizlik 3

5-mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning 
o’rni 
Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. 
Axborotni shifrlash deganda, ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan 


axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni 
tushuniladi. 
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq 
vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan 
tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, 
chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi 
Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi.
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda 
keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z 
xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush 
yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik 
usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet 
global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan 
hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi 
harakatlanadi.
Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash 
texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik 
tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.
Kriptologiya 
– axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi 
(kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – 
kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq 
qiladi.
Kriptoanaliz
– kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Simmetrik kriptotizimlar.
2. Ochiq kalitli kriptotizimlar.
3. Elektron imzo tizimlari.
4. Kalitlarni boshqarish.
Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa 
kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini 
o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli 
vositalarda saqlash.
SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, 
bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin.
Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida yozilgan 
matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin