kalitning o’zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo’lgan
har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. SHu sababli, simmetrik
kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat
axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin
Elektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida
ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda,
shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo’ladi va shaxsiy kalit
eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy kalit eltuvchisi
egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko’rilishi shart.
Simmetrik shifrlash axborotni "o’zi uchun", masalan, egasi yo’qligida undan ruxsatsiz
foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu
tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni
shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin.
Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin
barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik
kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish
mumkin emas. Maxfiy kalit jo’natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi
himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Mono- va ko’p alifboli o’rniga qo’yishlar (
Dostları ilə paylaş: