Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash
algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, AQSH Milliy Xavfsizlik
Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan so’ng davlat standarti
maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat
tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.
Kriptografik kalitlarni boshqarish
Har qanday kriptografik tizim krpitografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit
axboroti deganda axborot tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar
majmui tushuniladi. Agar kalit axborotlarining yetarlicha ishonchli boshqarilishi
ta’minlanmasa, niyati buzuq odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha
axborotdan hohlaganicha foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni
generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni taqsimlash
kalitlarni boshqarish jarayonidagi eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi.
Simmetrik kriptotizimdan foydalanilganda axborot almashinuvida ishtirok etuvchi
ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida uzatiladigan
barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu kalitni boshqa barcha
bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul qiluvchida bir vaqtda
almashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish jarayonini kalitlarni
almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi.
Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit-ochiq va yopiq (maxfiy) kalit ishlatiladi. Ochiq
kalitni oshkor etish mumkin, yopiq kalitni yashi-rish lozim. Xabar almashinuvida faqat
ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish lozim.
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
• taqsimlashning operativligi va aniqligi;
• taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi.
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilar o’rtasida kalitlarni taqsimlashning
quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
1. Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.
2. Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish.
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga kimga, qaysi
kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo’yicha uzatilayotgan barcha
xabarlarni o’qishga imkon beradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan suiiste’mollar tarmoq
xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: