Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Matn



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
kiberxavfsizlik 3

Alifbo
– axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam.
Matn
– alifbo elementlarining tartiblangan to’plami.
Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin:
* Z
33
alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi;
* Z
256
alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar;
* Binar alifbo - Z
2
={0, 1}
* Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar.
SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn 
shifrmatnga almashtiriladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida 
shifrmatn ochiq matnga akslantiriladi.
Kalit
– matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. 
Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K 
kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo 
harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu 
kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va 
yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit 
barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida 
amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari 
jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish 
va tarqatishdir.
Elektron raqamli imzo
deb – xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida 
shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron 
xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus 
o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo).
Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni aniqlovchi 
shifrlash tavsifiga aytiladi.
Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular:
· barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni;
· kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt.
Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. 
Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va 
shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq.



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin