Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


 Havolalarni bosishdan oldin ularni tekshirish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
kiberxavfsizlik 3

6. Havolalarni bosishdan oldin ularni tekshirish 
Notanish odamlar yoki tashkilotlar tomonidan yuborilgan havolalarni hech qachon 
bosmang. Shuningdek, olingan har bir havola salohiyatli xavfga ega deb hisoblang. 
Hamkasbingiz, bank yoki siz foydalanayotgan ijtimoiy media xizmatidan elektron 
xabar olganingizda, undagi havolani bosishga shoshilmang. Toʻliq veb-sayt manzilini 
havola ustiga kursorni olib borib (ustiga bosmang) tekshiring. Shunda qilib havolani 
bosish kerak yoki yo’qligini aniqlay olasiz. Shu bilan bir qatorda, sayt haqiqiy 
ekanligiga amin bo’lish uchun brauzer oynasini ochib, manzilni to’g’ridan-to’g’ri URL 
maydoniga kiritishingiz mumkin. 
Sizga biroz bo‘lsada shubhali bo‘lib ko‘ringan havolaga bosishdan avval uning 
xavfsizligini tekshirish uchun havolalar skaneri, masalan, Norton Safe Web dan 
foydalaning. 
Qisqartirilgan URL havolalardan foydalanishda esa o’ta ehtiyot bo’ling. Qisqartirilgan 
havolaning ortidagi asl URL havolani har doim tekshiring. Qisqartirilgan URL manzilini 
“dekodlash – ochib ko’rish” uchun UnshortenIt kabi bepul onlayn xizmatidan 
foydalanishingiz mumkin. 
7. Qalqib chiquvchi oynalarga ishonmaslik 
Hammamiz ham Internetdan foydalanayotganimizda to’satdan qalqib chiqib, 
kompyuterimiz zararlanganligi va uni himoyalash uchun zarur dasturni yuklab 


olishimizni tavsiya qiladigan qalqib chiqivchi oynalarga duch kelganmiz. Bunday 
tuzoqlarga ilinmang. Oqilona ish tuting. 
8. Tashqi ma’lumot saqlash vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish 
Zararli dastur ko’pincha USB xotira karta, tashqi qattiq disk, flesh-kartalar va 
boshqalar tashqi ma’lumot saqlash vositalari orqali turli qurilmalarga tarqaladi. 
O’zingizga tegishli bo’lmagan notanish bunday qurilmani kompyuteringizga hech 
qachon ulamang. Agar sizga tanish tashqi ma’lumot saqlash media qurilmasidan 
foydalanishingiz zarur bo’lsa, ochishdan oldin uni antivirus dasturi bilan 
skanerlaganingiz ma’qul. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin