Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
kiberxavfsizlik 3

O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti
. Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash 
algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik 
va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston 
Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi 
xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan.
Ushbu standart — kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga 
mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, 
axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit 
uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli 
kalitlardan foydalanishi mumkin.
Rossiyaning axborotni shifrlash standarti.
Rosssiya Federatsiyasida hisoblash 
mashinalari, komplekslari va tarmoqlarida axborotni kriptografik o’zgartirish 
algoritmlariga davlat standarti (GOST 2814-89) joriy etilgan. Bu algoritmlar maxfiylik 
darajasi ixtiyoriy bo’lgan axborotni hech qanday cheklovsiz shifrlash imkonini beradi. 
Algoritmlar apparat va dasturiy usullarida amalga oshirilishi mumkin.
Standartda axborotni kriptografik o’zgartirishning quyidagi algoritmlari mavjud:
- oddiy almashtirish;
- gammalash;
- teskari bog’lanishli gammalash;
- imitovstavka.
AQSHning axborotni shifrlash standarti
. AQSHda davlat standarti sifatida DES(Data 


Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash 
algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, AQSH Milliy Xavfsizlik 
Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan so’ng davlat standarti 
maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat 
tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.
Kriptografik kalitlarni boshqarish
Har qanday kriptografik tizim krpitografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. Kalit 
axboroti deganda axborot tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar 
majmui tushuniladi. Agar kalit axborotlarining yetarlicha ishonchli boshqarilishi 
ta’minlanmasa, niyati buzuq odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha 
axborotdan hohlaganicha foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni 
generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni taqsimlash 
kalitlarni boshqarish jarayonidagi eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi.
Simmetrik kriptotizimdan foydalanilganda axborot almashinuvida ishtirok etuvchi 
ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida uzatiladigan 
barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu kalitni boshqa barcha 
bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul qiluvchida bir vaqtda 
almashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish jarayonini kalitlarni 
almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi.
Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit-ochiq va yopiq (maxfiy) kalit ishlatiladi. Ochiq 
kalitni oshkor etish mumkin, yopiq kalitni yashi-rish lozim. Xabar almashinuvida faqat 
ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish lozim.
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
• taqsimlashning operativligi va aniqligi;
• taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi.
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilar o’rtasida kalitlarni taqsimlashning 
quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
1. Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.
2. Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish.
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga kimga, qaysi 
kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo’yicha uzatilayotgan barcha 
xabarlarni o’qishga imkon beradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan suiiste’mollar tarmoq 
xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin