o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi.
O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
4-mavzu: Kiberjinoyat va kiberhuquq.
Kiberjinoyat — kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi
jinoyat turi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol vazifasini
bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar
yetkazishi maqsadida osodir etiladi.
Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi
kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat
ham, nodavlat ham subyektlar kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy
oʻgʻirlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar bilan shugʻullanadi. Xalqaro
chegaralarni kesib oʻtuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti-harakatlarini oʻz
ichiga olgan kiberjinoyatlar baʼzan kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet
kiberjinoyatni „insoniyatning birinchi raqamli muammosi’’ deb taʼriflaydi va
„insoniyat uchun real xavf tugʻdiradi“, deya qoʻshimcha qilib oʻtadi.
2014-yilda chop etilgan hisobotda (McAfee homiyligida) jahon iqtisodiyotiga
yetkazilgan yillik zarar 445 milliard dollarni tashkil qilgan. Cybersecurity Ventures
tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan global zararlar
2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-yilga kelib esa 10,5 trillion
dollargacha koʻtarilishi bashorat qilingan edi.
2012-yilda AQShda onlayn kredit va debet kartalaridagi firibgarlik oqibatida taxminan
1,5 milliard dollar yoʻqotilgan
]
2018-yilda Strategik va xalqaro tadqiqotlar
markazi (CSIS) tomonidan McAfee bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqot shuni
koʻrsatadiki, har yili global YaIMning qariyb bir foizi, yaʼni 600 milliard dollarga yaqini
kiberjinoyatlar tufayli yoʻqoladi. Jahon Iqtisodiy Forumi 2020 Global Risk hisobotida
uyushgan kiberjinoyatlar idoralari jinoiy faoliyatni onlayn qilish uchun kuchlarni
birlashtirayotganini tasdiqladi, shu bilan birga ularning aniqlash va jinoiy
javobgarlikka tortilish ehtimoli AQShda 1 foizdan kamroqni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: