aniqlash mumkin. Bu jarayon bor-yo'g'i bir necha daqiqani oladi, xolos. Aks holda
ko'p vaqt axborotlarni viruslardan tozalashga ketib qoladi. Kirish nazoratini bir nechta
marta saralab, maxsus tanlab olingan detektor va fagalardan o'tkazgan ma'qul. Biz
quyidagilarni tavsiya etamiz. SCAN, AIDSTEST, DOCTOR, AV, TP48CLS. Fagalarni
detektor rejimida ishlatish zarur.
Karantin rejimi: Agar dasturiy ta'minot "begona qo'ldan" olingan yoki yot
tashkilotlardan kelgan bo'lsa, mazkur dasturlarni ishlatishda "karantin muddati"ni
belgilash foydali. Bunda har bir dastur uchun qat'iy sinov muddatini joriy etish zarur.
Bu muddat oy, haftaning kunlari bo'lishi mumkin.
Nega? Chunki, biz yuqorida ayganimizdek, ba'zi bir viruslar ma'lum oy yoki aynan
oyning bir kunida o'z "hunarini" ko'rsatadi. Zararlangan dasturlardan tashqari, ba'zida
"singan" himoyadagi dasturlar ham xavf tug'diradi (ular ko'proq ofis va o'yin
dasturlarida uchraydi). Gap shundaki, dasturning himoyasini olish viruslar faoliyatini
kuchaytirib yuboradi. Ayniqsa, "troya" viruslari faollashadi.
Masalan, Ukrainaning Donesk shahrida noqonuniy nusxalangan Formula o'yinlari
davriy ravishda SMOS-xotirani o'chirib tashladi.
Dostları ilə paylaş: