Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
kiberxavfsizlik 3

Qattiq diskni tekshirish
Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. 
Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga xuddi yangidek 
qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, 
shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. 
Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema 
disketalari yordamida yuklanadi.
Himoyalashning o'ziga xos usullari: Disketaning normal holati - uning yozuvdan 
himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat 
yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali 
disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz. Axborotlarni tiklash: 
Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash 
mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak 
mahorat talab etadi. Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar 
sistemali bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib 
ketish ehtimoli ham bor.
Antivirus dasturlari
Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi 
tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari 
dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular 
quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin: - noma'lum 
disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); - internet 
tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; - elektron-pochta orqali; - lokal 
tarmoq orqali; - noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish 
oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri 


bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, 
kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi. 2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini 
o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab. 3. Ma'lumotlarga o'zgartirish 
kiritadigan viruslar. 4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 5. Foydalanuvchining 
ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga 
yuboradigan viruslar.
Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab 
chiqarilmokda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident 
antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv 
(joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining 
ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda 
foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident 
antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan 
vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng 
tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP 
Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee; 7. Aidstest;
Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec kompaniyasining 
Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng 
tarqalgan. Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan 
birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP antivirus 
dasturlar kompleksi qo'llaniladi. 2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy 
laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U 
modullardan iborat bo'lib, har bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya'ni dasturni 
butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin. AVP kompleksi 
quyidagi modullardan tashkil topgan: - AVP Control Center - AVP ning boshqarish 
markazi. - AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun 
xizmat qiladi. - AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa 
usullar bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning 
tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi. - AVP Updates (AVP 
yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan to'ldirish uchun xizmat 
qiladi.
AVP Control Center AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus 
kompleksining ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni boshlash 
vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi o'rnatilganidan keyin 
AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar 
satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi. Uni ishga tushirish uchun 
Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control Center ni tanlash kerak. Natijada 
ekranda uning oynasi hosil bo'ladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin