3.Mantiqiy elementlardan multipleksor va demultipleksorlarni loyihalashtirish. Sxemada belgilanishi.
Tayanch so’z vaiboralar:Kombinatsion sxema, multipleksor, demultipleksor.
Kombinatsion mantiq. Kombinatsion sxemalarda chiqishdagi signal mazkur vaqtda kirishga berilayotgan mantiqiy signallar kombinatsiyasiga aynan mos keladi. Shu sababli, bu turdagi sxemalarga xotira zarur emas.
Multipleksor va demultipleksorlar. Haqiqiylik jadvallari. Sxemada belgilanishi.Multipleksorlar bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Multipleksorda ikki guruhga mansub kirishlar mavjud: ma’lumotlar uchun va adres uchun (boshqaruvchi). U yoki bu Ai kirish liniyasini tanlash berilayotgan So, S1, ... Snadres kodi bilan belgilanadi. Boshqaruv kirishlari n-ta bo‘lsa, Si boshqaruv signallarining M=2n ta kombinatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Multipleksor –EHMning uzeli bo‘lib, parallel raqamli kodlarni ketma-ket kodlarga aylantirish uchun xizmat qiladi. m=4 holat uchun multipleksorning faoliyati jadvalda keltirilgan. Bu erda x0...x3 axborotlarning mustaqil kirish ma’nbalari, Y- axborotning chiqishi.
1-rasm. “4 dan 1ga” multipleksori sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b). Multipleksorning rostlik jadvali