5. Reversiv siljituvchi registr Reversiv so‘zi ham chapga silchitish ham o‘ngga siljitish ma’nolarini anglatadi. SHu nuqtai nazardan reversiv siljituvchi registrlar universal hisoblanadi. Quyidagi sxemada reversiv siljituvchi registrning sxemasi keltirilgan. Sxema D-triggerlar asosida qurilgan. SHuningdek, unda «2VA-YOKI-YO‘Q» mantiqiy elementlar majmuasi qo‘llanilgan.
Ushbu reversiv registr quyidagi rejimlarda ishlaydi:
- 0-ni o‘rnatish (sbros);
- Axborotlarni ketma-ket kiritish;
- So‘zni chapga siljitish;
- So‘zni o‘ngga siljitish.
Reversiv registrning vaqt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Takrorlash uchun savollar 1. Registr iborasiga ta’rif bering.
2. Registrlarning asosini nima tashkil etadi?
3. Registrlar qanday amallarni bajaradi?
4. Axborotlarni qabul qiluvchi va ularni uzatuvchi
registrning ishlash prinsipini tushuntiring.
5. Siljitish registri haqida ma’lumot bering.
6. Siljitish registrining vaqt diagrammasini izohlang.
7. Reversiv siljituvchi registrning ishlash prinsipini
tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.S.K.G‘aniev. Elektron hisoblash mashinalari va sistemalari.Toshkent. O‘qituvchi. 1990 y.
2.K.A.Neshumova. Elektronnыe vыchislitelnыe mashinы i sistemы. Moskva. Vыsshaya shkola. 1989 g.
5. Dasturlanuvchi mantiqiy qurilmalar Tayanch iboralar: Arifmetik-mantiqiy qurilma, boshqarish qurilmasi, ichki mikrokomandalar, mikrodastur, operandalar registri, nataja registri.