Nazorat savollari 1. Ketma-ketli mantiqiy qurilmalarning hossalari va ulardagi triggerlar vazifasini aytib bering.
2. Bistabil yacheykaning ishlash prinsipi va regenerativ jarayonning ma’nosini tushun-tiring.
3. Triggerli qurilmalarning sinflanishini keltiring.
4. Bir va ikki pogʻonali turli triggerlar oʻzaro nimasi bilan
farqlanadi.
5. Universal JK-trigger asosida bosXQa turdagi triggerlarni qanday yasash mumkin-ligini koʻrsating.
6. Qanday belgilarga koʻra registrlarni sinflash mumkin.
7. Parallel, siljituvchi va reversiv registrlarni tuzilma sxemalari va shartli belgilanish-larini keltiring.
8. Registrlar orasida ma’lumot almashish qanday tashkil etilgan.
9. Universal registr ish prinsipini tushuntiring.
10. Hisoblagichlarning asosiy ishi va sinflanish belgilarini aytib bering.
11. Hisoblagichlarning razryad sxemalari orasidagi aloqa turlarini sanab bering.
12. Hisoblagichlarning tezkorligi qanday usullar bilan oshiriladi.
10-MAVZU:REGISTRLAR VA ULARNING ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
1. EHMlarning tipik uzellari tomonidan bajaradigan amallar
Registrlar va ularning asosiy vazifalari
Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar
Siljitish registrlari
Reversiv siljituvchi registr
Tayanch iboralar: Registr, o‘rnatish, uzatish, qayta ishlash. taqsimot, qo‘shish, siljitish registri, reversiv siljituvchi registr, parallel registr, ketma-ket registr, ketma-ket - parallel registr, parallel- ketma-ket registr.
EHMlarning tipik uzellari tomonidan bajaradigan
amallar Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementlar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Raqamli qurilmalarning operatsion elementlari yoki uzellari kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish.