5. Dasturlanuvchi mantiqiy qurilmalar Turli vazifalar uchun mo‘ljallangan KIS yasashdagi universallik va kichik tannarx kabi afzalliklarga ega. Bu uncha katta bo‘lmagan hajmdagi apparaturalarni ishlab chiqarishda juda muhim sanaladi. Buning uchun IS ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yagona, ya’ni universal majmuidan foydalanadilar. Talab etilgan algoritmni esa bevosita ishlab chiqaruvchiing o‘zi ichki apparaturani o‘zgartirib (dasturlash yordamida) hosil qiladi.
Tanlangan ish algoritmi uchun dasturlashga tayyor mantiqiy KIS sodda mantiqiy integral sxema (SMIS) deb atashadi
Ma’lumki, mantiqiy arifmetik formulani algebraik ifodalashda yoki diz’yunktiv, yoki kon’yunktiv normal shakl (DNSH va KNSH) qo‘llaniladi.
Kon’yunksiya bloki HAM mantiqiy elementlar matritsasidan, diz’yunksiya bloki esa – YOKI mantiqiy elementlari matritsasidan iborat bo‘lishi kerak. Ularni ketma-ket ulab va sozlab ixtiyoriy turdasi mantiqiy arifmetik formulani tashkil etish mumkin. Sozlash uchun tayyor bo‘lgan SMIS ko‘paytma va yig‘indi matritsalaridan tashqari kirish buferi matritsasiga ham ega bo‘ladi.
Xi kirish o‘zgaruvchilarining inversiyasi kirish buferining matritsalarida amalga oshiriladi.
Misol tariqasida, ortiqcha bog‘lanishlar olib tashlangach bu sxema qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rib chiqamiz:
Uchta mantiqiy o‘zgaruvchili SMISning dasturlashdan keyingi tuzilma sxemasi Dasturlovchi elementlar bo‘lib qayta ulagichlar hisoblanadi. Dastlabki holatda barcha simlar butun bo‘ladi. Dasturlovchi mantiqiy qurilmalarga ma’lumot yozish ba’zi diodlar (tranzistorlar)dan tok impulslari o‘tkazish natijasi orqali amalga oshiriladi. Natijada shinalar orasidagi ba’zi bog‘lanishlar uziladi. Bu jarayon dasturlash deb ataladi va maxsus tashqi qurilma – programmatorlar yordamida amalga oshiriladi.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1.AMQ- ning asosiy vazifasini belgilang.
2.Funksional AMQ nimalardan tashkil topgan?
3.AMQ- ning umumlashgan sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
4. AMQ qanday signallarni generatsiyalaydi?
5.AMQ- ning blok- sxema ko‘rinishidagi sxemasini tushuntiring.
6.Boshqarish qurilmasi vazifalarini belgilang.
7.AMQ qo‘shish amalini qanday bajaradi?
8.AMQ ko‘paytirish amalini qanday bajaradi?
9. AMQ qaerda joylashgan bo‘ladi?