Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə30/94
tarix21.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#188626
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Registrning shartli belgisi


Parallel registr
  • Parallel registr ma’lumotlarni parallel shaklda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan.


  • Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi.


  • Ma’lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘lanmagan.






  1. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar

Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bunday registr asinxron RS- triggerlardan hamda «VA» mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Axborotni registrga yozish uchun a1, a2,..., an shinalardan ikkilik kod registrga uzatiladi va «Priyom informatsii» boshqaruvchi signal berilgan taqdirdagina ushbu ikkilik kod registrga yoziladi. Registrga axborotni yozishdan oldin «Ustanovka 0 Sbros» nomli boshqaruvchi signal yordamida registr tozalanadi. Registrning chiqish yo‘llaridan to‘g‘ri kodni olish uchun «Vыdacha pryamogo koda» boshqaruvchi signal beriladi. Registrning chiqish yo‘llaridan teskari kodni olish uchun «Vыdacha inversnogo koda» boshqaruvchi signal beriladi.


Ushbu chizmada registrning vaqt diagrammasi ifodalangan. Unda kirish va chiqish signallarining taktlar bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligi hamda boshqaruvchi signallarning ta’siri ko‘rsatilgan.


4. Siljitish registlari
Siljitish regitrlari so‘zdagi axborotni siljitish, ya’ni barcha razryadlarni kattadan kichikka qarab va aksincha kichikdan kattaga qarab siljitish uchun qo‘llaniladi. Registrlarda sonni k razryadga siljitishda k takt sarflanadi yoki k siljitish mikrooperatsiyasi bajariladi. Siljituvchi registrlarning triggerlari murakkab bo‘lishi kerak. Agar siljituvchi registrlarda oddiy triggerlar, masalan RS-triggerlar ishlatilsa, unda siljitish jarayonida axborotni saqlash uchun qo‘shimcha yana bitta registr ishlatish kerak bo‘ladi. SHuningdek, bog‘lanishlar sonini va qurilmalar sonini kamaytirish maqsadida siljituvchi registrlarni D-triggerlar asosida qurish tavsiya etiladi. Quyidagi sxemada D-triggerlar asosida qurilgan universal siljituvchi registrning sxemasi keltirilgan.

Ushbu registrni «0» holatga o‘rnatish S1 signali orqali amalga oshiriladi. Parallel kodlar a1, a2,…..,a4 kirish yo‘llari orqali beriladi. Parallel kodni yozish uchun S2 kirish yo‘liga impuls berish orqali bajariladi. Ketma-ket kod «Sdvig» kirish yo‘liga beriladi.


Siljitish registrining vaqt diagrammasi quyidagi ko‘rinishga ega:


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin