Uzatish va qabul qilish – bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish.
Siljish - kod razryadining holatini oldingisiga nisbatan o‘zgartirish.
Hisob - ikkilik kodni operatsion elementning kirish yo‘liga impuls berish yo‘li bilan oshirish yoki kamaytirish.
Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o‘zgartirish.
Taqsimod – signallarni adres bo‘yicha ko‘p ma’nbalardan bittasiga yoki bittasidan ko‘p ma’nbalarga uzatish.
Qo‘shish-ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig‘indisini topish.
Ushbu elementar operatsiyalar EHMlarning asosiy uzellari yoki operatsion elementlari tomonidan bajariladi. Ularga registrlar, hisoblagichlar, kod o‘zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, summatorlar kiradi.
2. Registrlar va ularning asosiy vazifalari
Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir.
Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liqdir.
Registrlar quyidagi amallarni bajaradi:
Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish.
Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish.
Boshqa qurilmaga kodni uzatish.
Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish.
Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha.
To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha.
Mantiqiy amallarni bajarish.
Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi.
Ta’rifi: Registr ketma-ket turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi.
Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |