Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Nazorat savollari 
 
1.
Ruxsatlarni nazoratlashning asosiy tushunchalari. 
2.
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usullari va ularning 
o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 
3.
Parolga asoslangan autentifikatsiya usuli, uning afzallik va 
kamchiliklari. 


130 
4.
Parollar ma’lumotlar bazasida qanday saqlanadi va ularni 
taqqoslash usullari. 
5.
Axborotning fizik himoyasi va uning muhimligini 
tushuntiring. 
6.
Axborotni fizik xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tabiiy va sun’iy 
omillar. 
7.
Yong‘inga qarshi himoyalash usullari. 
8.
Tashkilotda qo‘riqlash xodimlari va kuzutuv kameralarining 
o‘rni. 
9.
Foydalanishni mantiqiy boshqarish deganda nimani 
tushunasiz? 
10.
Foydalanishni boshqarishning DAC usuli va uning 
xususiyatlari. 
11.
Foydalanishni boshqarishning MAC usuli va uning asosiy 
xususiyatlari. 
12.
Foydalanishni boshqarishning RBAC usuli va uning asosiy 
xususiyatlari. 
13.
Foydalanishni boshqarishning ABAC usuli va uning asosiy 
xususiyatlari. 
14.
Foydalanishni boshqarish matritsasi, ACL va C-list 
tushunchalarini tushuntiring. 
15.
Bell-LaPadul modeli va uning asosiy maqsadi. 
16.
Biba modeli va uning asosiy maqsadi. 


131 
5-BOB. TARMOQ XAVFSIZLIGI 
 
5.1. Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari 
 
Kompyuter tarmoqlari resurslarni almashish maqsadida bir necha 
kompyuterlarning birlashuvidan iborat. Fayllar, dasturlar, printerlar, 
modemlar va har qanday tarmoq uskunasi birgalikda foydalaniluvchi 
yoki taqsimlanuvchi resurslar bo‘lishi mumkin. Kompyuterlarni 
birlashtirish uchun ma’lumotlarni uzatuvchi turli xil vositalardan 
foydalaniladi: aloqa kanallari, telekommunikatsiya vositalari, 
retranslyatorlar va h. 
Mos tarmoq servislaridan foydalanish orqali turli xil tarmoq 
resurslarini taqdim etish vazifasi yuklatilgan tarmoq kompyuteri 
server 
deb ataladi. Tarmoq resurslaridan va turli tarmoq servislaridan 
foydalanish maqsadida serverga so‘rov yuboruvchi tarmoq qurilmalari 
mijozlar
deb ataladi. Avtonom ishlovchi yoki mijoz sifatida tarmoqqa 
ulangan kompyuterni, odatda, 
ishchi stansiyasi
deb atashadi.
Kompyuter tarmoqlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 

xududiy alomat bo‘yicha; 

ma’murlash usuli bo‘yicha; 

topologiya bo‘yicha. 
Hududiy alomat bo‘yicha lokal (LAN, Local Area Network) va 
global (WAN, Wide Area Network) hisoblash tarmoqlari farqlanadi.
Lokal hisoblash tarmog‘i katta bo‘lmagan hududda, xonada yoki 
binoda joylashgan kompyuter tarmog‘idan iborat. Lokal tarmoq 
o‘lchami tarmoq texnik arxitekturasi va ulash xiliga (kabel turiga) 
bog‘liq. Odatda lokal hisoblash tarmog‘ining diametri 2,5 km. dan 
oshmaydi.
Global hisoblash tarmog‘i katta geografik muhitni qamrab olgan va 
tarkibida aloqaning magistral liniyalari yordamida birlashtirilgan 
ko‘plab hisoblash tarmoqlari va masofadagi kompyuterlar bo‘lgan 
hududiy taqsimlangan tizimdan iborat. Megapolis va region doirasida 
tashkil etilgan tarmoqlar mos holda shahar tarmog‘i (MAN, 
Metropolitan Area Network) va regional tarmoq (PAN, Personal Area 
Network) deb yuritiladi. Eng mashhur global tarmoq Internet TCP/IP 
protokollari steki bazasiga asoslangan megatarmoq hisoblanadi. Ba’zi 
adabiyotlarda “korporativ tarmoq” iborasi ishlatiladi. Bu ibora orqali 


132 
turli texnik, dasturiy va informatsion tamoyillarda qurilgan bir necha 
tarmoqlarning birlashmasi tushuniladi.
Megatarmoq Internet foydalanuvchilarini birlashtirish uchun 
ishlatiluvchi global tarmoq Ekstranet (extranet) deb yuritiladi. TCP/IP 
protokoli bazasida amalga oshirilgan, ammo megatarmoq Internetdan 
ajratilgan tarmoq Intranet (Intranet) deb ataladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin